https://oz.sputniknews.uz/20230926/mahalla-beshligi-ettilikka-aylantiriladi-39343694.html
“Mahalla beshligi” yettilikka aylantiriladi — Shavkat Mirziyoyev
“Mahalla beshligi” yettilikka aylantiriladi — Shavkat Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
“Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari:mahalla raisi — ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko‘maklashish; hokim yordamchisi — ishsizlarga ish topishga ko‘maklashish; yoshlar yetakchisi — yoshlarni sport, musiqa va to‘garaklarga jalb etish; xotin-qizlar faoli — ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish
2023-09-26T20:02+0500
2023-09-26T20:02+0500
2023-09-27T11:21+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
mahalla
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1a/39343844_0:37:1280:758_1920x0_80_0_0_08c204921855c14f875224ef903e7960.jpg
TOShKENT, 26 sen —Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Majlisda “Mahalla beshligi” samarali ishlayotgani qayd etildi va shu bilan birga “beshlikka” soliqchi va ijtimoiy xodimni ham qo‘shib “mahalla yettiligiga” aylantirish taklif etildi.“Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari:Shuningdek, aholini 3 ta daftarga (temir, ayollar, yoshlar) kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o‘zida, kollegial hal qilinadi. Bandlik, Tadbirkorlik va Kasanachilik jamg‘armalaridan ushbu daftarlarga kiritilganlarga beriladigan yordam mablag‘larni taqsimlash har bir mahallaning o‘z ixtiyoriga beriladi.Undan tashqari, “mahalla yettiligi” ishini birgalikda tashkil qilishda mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi. Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimning oylik ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1a/39343844_165:28:1210:812_1920x0_80_0_0_5cfb2bab6f47f71550cf74b00b505d11.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mahalla beshligi mahalla yettiligi ma’lumot o‘zbekiston
mahalla beshligi mahalla yettiligi ma’lumot o‘zbekiston
“Mahalla beshligi” yettilikka aylantiriladi — Shavkat Mirziyoyev
20:02 26.09.2023 (yangilandi: 11:21 27.09.2023) Amaldagi “mahalla beshligiga” soliqchi va ijtimoiy xodim ham qo‘shilib, birgalikda ishlaydigan “mahalla yettiligi” bo‘ladi.
TOShKENT, 26 sen —Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda “Mahalla beshligi” samarali ishlayotgani qayd etildi va shu bilan birga “beshlikka” soliqchi va ijtimoiy xodimni ham qo‘shib “mahalla yettiligiga” aylantirish taklif etildi.
“Prezident endilikda mahalla boshqaruvi yangi yondashuvlar asosida tashkil qilinishini ta’kidladi. Amaldagi “beshlikka” soliqchi va ijtimoiy xodim ham qo‘shilib, birgalikda ishlaydigan “mahalla yettiligi” bo‘ladi", - deyiladi xabarda.
“Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari:
mahalla raisi — ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko‘maklashish;
hokim yordamchisi — ishsizlarga ish topishga ko‘maklashish;
yoshlar yetakchisi — yoshlarni sport, musiqa va to‘garaklarga jalb etish;
xotin-qizlar faoli — ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;
soliq xodimi — mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish;
ijtimoiy xodim — yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi aniq vazifalar bilan shug‘ullanishi lozim.
Shuningdek, aholini 3 ta daftarga (temir, ayollar, yoshlar) kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o‘zida, kollegial hal qilinadi. Bandlik, Tadbirkorlik va Kasanachilik jamg‘armalaridan ushbu daftarlarga kiritilganlarga beriladigan yordam mablag‘larni taqsimlash har bir mahallaning o‘z ixtiyoriga beriladi.
“Bu – mahallaga ham vakolat, ham mas’uliyat degani”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Undan tashqari, “mahalla yettiligi” ishini birgalikda tashkil qilishda mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi. Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimning oylik ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.