Kiyev “Abrams” tanklari jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmasligini tan olmoqda – WSJ

© AFP 2023 / Nikolay Doychinov M1A2 Abrams, arxiv surat
 M1A2 Abrams, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Oq uy bu tanklarning birinchi partiyasi Ukrainaga yetkazib berilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Ukraina Amerikaning “Abrams” tanklari yetkazib berilishi jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartira olmasligini tan olmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi ukrainalik amaldordarga tayangan holda yozmoqda.
“Amerika tanklarining kelishi uzoq kutilgan bo‘lsada, ukrainalik amaldorlar qarshi hujum boshlanganidan buyon to‘rt oy o‘tib bu texnika urush jarayonini jiddiy o‘zgartirishi dargumon ekanini tan olishmoqda”, - deyilgan maqolada.
Gazetaning qayd etishicha, AQSh Mudofaa vazirligi mojaroning murakkabligini inobatga olib, hech qanday qurol-yarog‘ jangovar harakatlar jarayonini o‘zgartirmasligi haqida bir necha marta ogohlantirgan.
Nashr kuzning yomg‘irli kunlari ham jang maydonidagi vaziyatni qiyinlashtirishi mumkin deb hisoblaydi, chunki bunday sharoitda zirhli texnikani boshqarish murakkab bo‘ladi.
Vashington Kiyevga 31 ta “Abrams” tankini yetkazib berishni va’da qilgan. Kuni kecha Oq uy bu tanklarning birinchi partiyasi Ukrainaga yetkazib berilganini ma’lum qildi. Amerika OAVlari ko‘ra, Kiyevga 10 ta bunday tank yetkazib berilgan.
Amerikanskiy tank M1 Abrams S - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Yarimjon "Abrams" tanklari utilizatsiya bo‘lish tomon harakatlanmoqda
Yangiliklar lentasi
0