AQSh Putinni OTIH sammitiga taklif qilmaslikka qaror qildi - Rossiya TIV munosabati

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin. Arxiv surat
Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV elchisi Marat Berdiyev: AQSh Putinni San-Fransiskodagi OTIH sammitiga taklif qilmaydi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. AQSh Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammitiga taklif qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Marat Berdiyev ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Qo‘shma Shtatlar ikki tomonlama kanallar orqali Rossiyaga bir qator yetakchilarni, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni San-Fransiskodagi OTIH sammitiga taklif qilmoqchi emasligini ma’lum qildi.
Avvalroq prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Putinning OTIH sammitiga taklifini kutishi dargumon, Moskva hozircha ishtirok etishi mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilmaganini aytgandi.

"Qo‘shma Shtatlar ikki tomonlama kanallar orqali bizga bu yil bir qator yetakchilarni taklif qilmoqchi emasligini ma’lum qildi, chunki ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi", - dedi Berdiyev.

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni Vashington bilan tadbir mezboni sifatida o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun hamkorlikni davom ettirmoqda.

"Men, Rossiya Federatsiyasining yuqori lavozimli amaldori sifatida, ular bilan faol muloqot qildim va yana bir bor Rossiya rahbariga taklifnoma yuborishni so‘rab murojaat qildim", - deya qo‘shimcha qildi u.

Berdiyev bu holatni "afsuslanarli" deb atadi va AQShning Putinni Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga taklif qilmaslik haqidagi qarori “Amerika tomonining yomon niyati” va “ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalariga qarama-qarshilik yondashuvining davom etayotganini ko‘rsatishi, sof iqtisodiy forumni siyosiylashtirish, deya qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0