Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medal qo‘lga kiritdi

© NOKV programme individualnix zayezdov po akademicheskoy greble sredi jenshin nasha sootechestvennitsa Anna Prakaten podarila delegatsii Uzbekistana vtoruyu zolotuyu medal
V programme individualnix zayezdov po akademicheskoy greble sredi jenshin nasha sootechestvennitsa Anna Prakaten podarila delegatsii Uzbekistana vtoruyu zolotuyu medal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2023
Obuna bo‘lish
Osiyo o‘yinlarining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Osiyo o‘yinlarining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturida Anna Prakaten O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi oltin medalni taqdim qildi. Kumush va bronza medallari esa Xitoy hamda Yaponiya vakillariga nasib etdi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasida M4- dasturida ishtirok etgan Shehroz Hakimov, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev va Alisher Turdiyev kvarteti marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha M4x dasturida startga chiqqan Shahzod Nurmatov, Shahboz Xolmirzayev, Mehrojbek Mamatqulov va Sobirjon Safaraliyev esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medali Hindiston jamoalariga nasib etdi.
Yangiliklar lentasi
0