Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

© Baxtiyor Saidov / TelegramYojef Roja va Baxtiyor Saidov
Yojef Roja va Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2023
Obuna bo‘lish
Yojef Roja Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Yojef Rojani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Saidov uchrashuvda elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.
“Hamkorligimizning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik. Janob elchiga mamlakatimizdagi yangi diplomatik missiyasi davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozgan vazir.
Vengriya 2016-yilda Toshkentda o‘z elchixonasini ochgan, 2023-yil martida esa O‘zbekiston elchixonasi Budapeshtda o‘z faoliyatini boshladi.
Yangiliklar lentasi
0