https://oz.sputniknews.uz/20230925/qonunchilik-palatasi-senat-vakolatlari-39287508.html
Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda
Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik paltasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi.Qonun loyihasi Oliy Majlis palatalarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 13 ta qonun va 1 ta kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
2023-09-25T14:17+0500
2023-09-25T14:17+0500
2023-09-25T17:40+0500
siyosat
o‘zbekiston
oliy majlis qonunchilik palatasi
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37449890_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f406eb6e32fe95ecfdfb3eee3e2eb83f.jpg
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik paltasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi. Qonun loyihasi Oliy Majlis palatalarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 13 ta qonun va 1 ta kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.Xususan, Senat a’zolari har bir ma’muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan saylanishi, 9 nafari prezident tomonidan tayinlanishi (jami 65 nafar) belgilanmoqda. Doimiy asosda ishlovchi senatorlar soni amaldagidek 25 nafar miqdorda saqlanib qolmoqda.Senatning quyidagi vakolatlari bekor qilinib, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilanmoqda:Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda.Bunda spikerning o‘rinbosarlari fraksiya a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni to‘xtatib turishi belgilanmoqda.O‘zbekiston Konstitutsiyasi qanday o‘zgarmoqda?Deputatlar mazkur qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230502/yangi-tahrir-konstitutsiyasi-34529583.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37449890_312:193:995:705_1920x0_80_0_0_08c9376345aaded83bdb68c48bb960a6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qonunchilik palatasi senat vakolatlari yangi konstitutsiya
qonunchilik palatasi senat vakolatlari yangi konstitutsiya
Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda
14:17 25.09.2023 (yangilandi: 17:40 25.09.2023) Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik paltasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda
ko‘rib chiqishdi.
Qonun loyihasi Oliy Majlis palatalarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 13 ta qonun va 1 ta kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, Senat a’zolari har bir ma’muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan saylanishi, 9 nafari prezident tomonidan tayinlanishi (jami 65 nafar) belgilanmoqda. Doimiy asosda ishlovchi senatorlar soni amaldagidek 25 nafar miqdorda saqlanib qolmoqda.
Senatning quyidagi vakolatlari bekor qilinib, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilanmoqda:
Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
prezidentning taqdimiga binoan bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash;
bosh vazir, Hukumat a’zolarining hisobotlarini hamda Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini eshitish.
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda.
Bunda spikerning o‘rinbosarlari fraksiya a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni to‘xtatib turishi belgilanmoqda.
Deputatlar mazkur qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.