O‘zbekiston Xitoyda jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan forumda ishtirok etdi

© Ministerstvo vnutrennix del Respubliki UzbekistanJoriy yilning 20-21 sentabr kunlari Xitoyning Lyanyungan shahri jamoat xavfsizligi bo‘yicha global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yirik xalqaro forumga mezbonlik qildi
Joriy yilning 20-21 sentabr kunlari Xitoyning Lyanyungan shahri jamoat xavfsizligi bo‘yicha global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yirik xalqaro forumga mezbonlik qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2023
Obuna bo‘lish
Forumda jahonning ellikdan ortiq davlatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari, qator xalqaro tashkilotlar hamda turdosh oliy ta’lim muassasalari vakillari, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Joriy yilning 20-21 sentabr kunlari Xitoyning Lyanyungan shahri jamoat xavfsizligi bo‘yicha global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yirik xalqaro forumga mezbonlik qildi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi, deya xabar berdi IIV akademiyasi axborot xizmati.
Forumda jahonning ellikdan ortiq davlatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari, qator xalqaro tashkilotlar hamda turdosh oliy ta’lim muassasalari vakillari, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi. Forumda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, zamonaviy tahdidlarga qarshi kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, hamkorlikning yangi tamoyillarini ishlab chiqish masalalari, mavjud muammolar va ularni hal qilishning samarali yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
© Ministerstvo vnutrennix del Respubliki UzbekistanV kitayskom gorode Lyanyungan proshel krupniy mejdunarodniy forum po globalnomu sotrudnichestvu v oblasti obshestvennoy bezopasnosti
V kitayskom gorode Lyanyungan proshel krupniy mejdunarodniy forum po globalnomu sotrudnichestvu v oblasti obshestvennoy bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2023
Global forumda Interpol xalqaro tashkiloti bosh kotibi Yurgen Shtok, shuningdek, Malayziya, Misr, JAR, Kambodja, Pokiston davlatlari ichki ishlar vazirlari, Rossiya, Belarus, BAA, Xitoy, Qozog‘iston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar vakillari so‘zga chiqdi.
Forumning ikkinchi kuni “Global xavfsizlik muammolari va politsiya ta’limi salohiyatini oshirish” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Eron, Filippin, Serbiya, Albaniya, Argentina va boshqa davlatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
IIV Akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov o‘z nutqida jahondagi geosiyosiy jarayonlar fonida ta’lim integratsiyasini kuchaytirish va ko‘p vektorli hamkorlik platformasini yaratish dolzarb xususiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston IIV Akademiyasi boshlig‘i Xitoy Jamoat xavfsizligi universiteti prezidenti Sao Shisuan hamda Chjenchjou politsiya kolleji boshlig‘i o‘rinbosari Lyu Ping bilan ham uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarining yuksalish dinamikasiga yuqori baho berib, zamonaviy ta’limning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
© Ministerstvo vnutrennix del Respubliki UzbekistanV kitayskom gorode Lyanyungan proshel krupniy mejdunarodniy forum po globalnomu sotrudnichestvu v oblasti obshestvennoy bezopasnosti
V kitayskom gorode Lyanyungan proshel krupniy mejdunarodniy forum po globalnomu sotrudnichestvu v oblasti obshestvennoy bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2023
Yangiliklar lentasi
0