https://oz.sputniknews.uz/20230925/ozbekiston-temir-yollari-xolding-39301949.html
“O‘zbekiston temir yo‘llari” negizida alohida korxonalar tashkil etiladi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” negizida alohida korxonalar tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston temir yo‘llari”ni xoldingga aylantirib, tizimda zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, jumladan, infratuzilma, yuk vagonlari va logistika, yo‘lovchi tashish xizmatlari hamda vokzallar boshqaruvini bir-biridan ajratib, alohida korxonalar tashkil qilish bo‘yicha bildirilgan takliflar ma’qullandi.
2023-09-25T19:13+0500
2023-09-25T19:13+0500
2023-09-25T19:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston temir yo‘llari
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31956952_0:129:940:658_1920x0_80_0_0_9bf57b5aa2c38546a1aca5d9f53e41bb.jpg
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingga aylantiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temir yo‘l sohasini isloh qilishga oid o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Vagonlar parkini yangilashga mo‘ljallangan kredit va kompensatsiya ajratish mexanizmlarini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.Bundan tashqari, yig‘ilishda import vagonlarining katta qismi poytaxt va viloyat markazlariga kirib kelishi oqibatida stansiyalarda tirbandlik yuqori bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan temir yo‘l yuk stansiyalarini shaharlardan tashqariga ko‘chirish imkoniyatini o‘rganish zarurligi qayd etildi. Bu shaharlarda yuk mashinalari harakatini qisqartirishga, tumanlarga qo‘shimcha investitsiya kirishiga xizmat qiladi.Qayd etilishicha, markaziy vokzallarga kirib-chiqish imkoniyati cheklangan. Avtomobil saqlash joylari vokzallardan uzoq. Vokzallarda savdo va servis xizmatlari lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan.Poyezd to‘qnashuvlari holatlarining oldini olish uchun barcha avtomobil va temir yo‘l kesishmalarini nazorat qilish, yo‘l belgi, shlagbaum va kameralar o‘rnatish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31956952_108:55:931:672_1920x0_80_0_0_8f60308eb7621cac6d848234d9e8b4ba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston temir yo‘llari xolding ma’lumot
o‘zbekiston temir yo‘llari xolding ma’lumot
“O‘zbekiston temir yo‘llari” negizida alohida korxonalar tashkil etiladi
19:13 25.09.2023 (yangilandi: 19:35 25.09.2023) O‘TY tarkibida infratuzilma, yuk tashish, yo‘lovchi tashish va vokzallar boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi alohi korxonalar tashkil etiladi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingga aylantiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temir yo‘l sohasini isloh qilishga oid o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ni xoldingga aylantirib, tizimda zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, jumladan, infratuzilma, yuk vagonlari va logistika, yo‘lovchi tashish xizmatlari hamda vokzallar boshqaruvini bir-biridan ajratib, alohida korxonalar tashkil qilish bo‘yicha bildirilgan takliflar ma’qullandi", - deyilgan davlat rahbari matbuot xizmati
xabarida. Vagonlar parkini yangilashga mo‘ljallangan kredit va kompensatsiya ajratish mexanizmlarini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda import vagonlarining katta qismi poytaxt va viloyat markazlariga kirib kelishi oqibatida stansiyalarda tirbandlik yuqori bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan temir yo‘l yuk stansiyalarini shaharlardan tashqariga ko‘chirish imkoniyatini o‘rganish zarurligi qayd etildi. Bu shaharlarda yuk mashinalari harakatini qisqartirishga, tumanlarga qo‘shimcha investitsiya kirishiga xizmat qiladi.
Qayd etilishicha, markaziy vokzallarga kirib-chiqish imkoniyati cheklangan. Avtomobil saqlash joylari vokzallardan uzoq. Vokzallarda savdo va servis xizmatlari lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan.
Poyezd to‘qnashuvlari holatlarining oldini olish uchun barcha avtomobil va temir yo‘l kesishmalarini nazorat qilish, yo‘l belgi, shlagbaum va kameralar o‘rnatish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.