Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Gonkong ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Obuna bo‘lish
Timur Kapadze shogirdlari Osiyo o‘yinlari pley-offiga yo‘l oldi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Osiyo o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Gonkongga qarshi bahs olib bordi va g‘alaba qozondi.
© MOK Uzbekistana
Match Uzbekistan-Gonkong - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© MOK Uzbekistana
Match Uzbekistan-Gonkong - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© MOK Uzbekistana
Match Uzbekistan-Gonkong - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© MOK Uzbekistana
Match Uzbekistan-Gonkong - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© MOK Uzbekistana
Match Uzbekistan-Gonkong - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq raqib vakili Ley Ngai Xoy hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqada Alibek Davronov gol urdi va hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Jasurbek Jaloliddinov O‘zbekistonning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
O‘yin 2:1 hisobida O‘zbekistonning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa Timur Kapadze shogirdlari guruhda birinchi bo‘lishdi va Osiyo o‘yinlari pley-offiga yo‘l oldi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1/8 finalda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 28-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda O‘zbekiston Gonkong ustidan kichik hisobda g‘alaba qozongan edi.
Osiyo o‘yinlarining futbol dasturida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhidan (O‘zbekiston, Afg‘oniston, Suriya va Gonkong) o‘rin olgan edi. Ammo bahslar boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg‘oniston o‘yinlarda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Shu bois O‘zbekiston va Gonkong jamoalari o‘zaro ikki uchrashuvda guruh g‘olibini aniqlab olishdi.
XIX Osiyo o‘yinlari Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0