Maxsus operatsiya: 25-sentabrning asosiy xabarlari
© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishZanyatiya po taktiko-ognevoy podgotovke novobransev v LNR.
© Sputnik / Aleksey Mayshev
/ Obuna bo‘lish
Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom etmoqda. 25-sentabr kuni Ukrainaning qurbon bo‘lgan va yaralangan askarlari soni 700 dan oshdi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi hisoboti 25-sentabr:
Bugun Rossiya armiyasi xorijlik yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish va diversion guruhlar tayyorlash punktlariga uzoq masofali aniqlikdagi qurollar bilan va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida guruhli zarba berdi. Nishonga olingan barcha obyektlarga zarba berildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari Spornoe, Berestovoe va Mayorsk aholi punktlari hududlarida UQKning 7 ta hujumni qaytardi. Dushman 445 nafargacha harbiy xizmatchisini yo‘qotdi (qurbonlar va yaradorlar). Shuningdek, bir tank, uchta BMP va 11 ta boshqa harbiy texnikasi yakson qilindi.
Artilleriyaga qarshi jang paytida "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va ikkita D- 30 ta gaubitsalari yo‘q qilindi. DXRning Zvanovka aholi punkti hududida UQKning 10-tog‘-hujum brigadasi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhining Verbovoe qishlog‘i hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 71-yegerlar brigadasining ikkita hujumini qaytardi. Malaya Tokmachka, Novodanilovka va Rabotino shimolidagi aholi punktlari hududlarida UQKning 21 va 65-mexanizatsiyalashgan brigadalari jamlangan hududlarga zarba berildi.
O‘tgan kun davomida 100 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilar, bir tank, uchta zirhli jangovar mashina va uchta mashina yo‘q qilindi. Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, D-20 va to‘rtta D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining muvofiqlashtirilgan harakatlari LXRning Chervonaya Dibrova qishlog‘idan janubda Ukraina Qurolli kuchlarining 67-mexanizatsiyalashgan brigadasining hujum guruhining ikkita hujumini qaytardi.
Bundan tashqari, Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida "Azov" (*Rossiyada taqiqlangan) maxsus kuchlarining 12chi brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasi jamlangan pozitsiyaga zarba berildi. Kun davomida UQK 55 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita piyoda jangovar mashinasi, ikkita pikap, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Urojaynoe va Staromayorskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 56-motoo‘qchi brigadasi va 110-hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi va texnikasini mag‘lub etdi.
Shuningdek, Zaporojye viloyatining Marfopol aholi punkti hududida Ukrainaning ikkita diversion-razvedka guruhlari yo‘q qilindi. Dushmanning yo‘qotishlari 125 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita mashina, bitta D-20 va ikkita D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Sinkovka, Peschanoe va Cherneshchina aholi punktlari hududlarida UQKning 14, 43 va 66-mexanizatsiyalashgan brigadalarining shaxsiy tarkibi va texnikasi hamlangan pozitsiyalarga zarba berdi. Natijada 25 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi va ikkita texnika yo‘q qilindi, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya bo‘linmasi ham zarbaga uchradi.
Xerson yo‘nalishida masofadan turib berilgan zarba natijasida dushmanning 90 tagacha harbiy xizmatchilari, ikkita tanki, ikkita avtomashinasi va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. Nikolayevka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 126-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi Krasnogorovka va Xerson shahri hududlarida 105 va 122-hududiy mudofaa brigadalarining qo‘mondonlik va kuzatuv punktlarini, shuningdek, 116 ta pozitsilarda joylashgan dushman shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Rossiya Aerokosmik kuchlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Dolginsevo aerodromida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyotini yo‘q qildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining 7ta raketasini raketani tutib oldi.
Bundan tashqari, Belogorovka, Lisichansk, Aleksandrovka, Berestove, Shevchenko, Novoe, Ilchenkovo va Tokmak aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 33 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 478 ta samolyot, 250 ta vertolot, 7 115 ta uchuvchisiz apparati, 438 zenit-raketa tizimi, 12 135 tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1155 ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 6533 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 13 449 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.