Madaniy meros obyektlariga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish taqiqlanadi

© Sputnik / Aktan TemirkanovRegiston maydoni, Samarqand
Registon maydoni, Samarqand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2023
Obuna bo‘lish
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tegishli modda bilan to‘ldiriladi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlanishi mumkin. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ayrim qonunlarga tegishli o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda.
Hujjat bilan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunni “tabiatni tez yo‘qolib ketmaydigan mahsulotlar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish” (45.1) moddasi bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda.
Unga ko‘ra, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer maxsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlangan bir martalik plastik mahsulotlarning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks ham tegishli modda bilan to‘ldiriladi. Unga ko‘ra, yuqorida keltirilgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarganlik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdordagi qiymatda sodir etish, — fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ko‘p miqdordagi qiymatda sodir etish — fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonun loyihasi 7-oktabrgacha muhokamada bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0