https://oz.sputniknews.uz/20230925/diniy-bagrikenglik-kokrak-nishoni-39300723.html
“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘krak nishoni har yili 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi. Ko‘krak nishoni bilan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi.
2023-09-25T18:40+0500
2023-09-25T18:40+0500
2023-09-25T18:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/709/71/7097132_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_c787e3e5195432e0a08df24ff81fe67a.jpg
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Hukumatning 25-sentabrdagi qarori bilan “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.Ko‘krak nishoni bilan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi. Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘krak nishon bilan taqdirlanishi mumkin.Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:- nomzod haqida ma’lumotnoma;- nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);- nomzodning so‘nggi 3-yil davomida diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini ta’minlash, dinlararo va konfessiyalararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma.Ko‘krak nishoni har yili 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/709/71/7097132_0:0:900:675_1920x0_80_0_0_26b785d204ae021ac2ab986e0d67d670.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
diniy bag‘rikenglik ko‘krak nishoni ma’lumot
diniy bag‘rikenglik ko‘krak nishoni ma’lumot
“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
18:40 25.09.2023 (yangilandi: 18:45 25.09.2023) Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Hukumatning 25-sentabrdagi qarori bilan “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom
tasdiqlandi. Ko‘krak nishoni bilan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi.
Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘krak nishon bilan taqdirlanishi mumkin.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- nomzod haqida ma’lumotnoma;
- nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);
- nomzodning so‘nggi 3-yil davomida diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini ta’minlash, dinlararo va konfessiyalararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma.
Ko‘krak nishoni har yili 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.