https://oz.sputniknews.uz/20230924/xanchjou-2022-ozbekistonlik-eshkak-eshuvchilar-4-medalni-qolga-kiritdi-39254114.html
Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar 4 medalni qo‘lga kiritdi
Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar 4 medalni qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
Ilk medal akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova hisobiga yozildi.
2023-09-24T09:36+0500
2023-09-24T09:36+0500
2023-09-25T14:24+0500
sport
osiyo o‘yinlari
o‘zbekiston
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/18/39254298_0:88:1280:808_1920x0_80_0_0_9fbe9bddd2c894fb7e7c9da5af7a6cd6.jpg
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ayni paytgacha 4 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.Ilk medal akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova hisobiga yozildi. Sportchilar final dasturida marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va kumush medalini qo‘lga kiritishdi.Akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yengil vaznli sportchilar bahsida o‘zbekistonlik Shahzod Nurmatov hamda Sobirjon Safaraliyevlar bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin va kumush medallari esa Xitoy hamda Hindiston jamoalariga nasib etdi.M2x dasturida ishtirok etgan Shahboz Xolmirzayev hamda Mehrojbek Mamatqulov juftligi esa kumush medalini qo‘lga kiritdi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medali esa Indoneziyaga nasib etdi.M2- dasturida qatnashgan o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Shehroz Hakimov hamda Dilshodjon Xudoyberdiyev marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tishdiva kumush medal sohibi bo‘lishdi. Ushbu dasturda oltin medal Gonkong, bronza medali Hindiston jamoalariga nasib etdi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/18/39254298_36:0:1231:896_1920x0_80_0_0_1c21a88033993981fca3270a136e2784.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xanchjou-2022
Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar 4 medalni qo‘lga kiritdi
09:36 24.09.2023 (yangilandi: 14:24 25.09.2023) Ilk medal akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova hisobiga yozildi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ayni paytgacha 4 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi
xabar berdi. Ilk medal akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova hisobiga yozildi. Sportchilar final dasturida marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va kumush medalini qo‘lga kiritishdi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yengil vaznli sportchilar bahsida o‘zbekistonlik Shahzod Nurmatov hamda Sobirjon Safaraliyevlar bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin va kumush medallari esa Xitoy hamda Hindiston jamoalariga nasib etdi.
M2x dasturida ishtirok etgan Shahboz Xolmirzayev hamda Mehrojbek Mamatqulov juftligi esa kumush medalini qo‘lga kiritdi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medali esa Indoneziyaga nasib etdi.
M2- dasturida qatnashgan o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Shehroz Hakimov hamda Dilshodjon Xudoyberdiyev marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tishdiva kumush medal sohibi bo‘lishdi. Ushbu dasturda oltin medal Gonkong, bronza medali Hindiston jamoalariga nasib etdi.