https://oz.sputniknews.uz/20230924/ozbekiston-va-qozogiston-vakillari-yuk-tashish-boyicha-dolzarb-masalalarni-muhokama-qildi-39264857.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari yuk tashish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari yuk tashish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda samarali hamkorlik masalalari muhokama qilindi va boshqa qator kelishuvlarga erishildi.
2023-09-24T18:55+0500
2023-09-24T18:55+0500
2023-09-25T11:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
yuk
temir yo‘l
o‘zbekiston temir yo‘llari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/18/39264693_76:0:998:519_1920x0_80_0_0_a064e983a92947898832993425a06e8f.jpg.webp
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ delegatsiyasi Ostona shahriga tashrif buyurib, "Qozog‘iston temir yo‘llari" AJ vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati xabar berdi.Muzokaralar "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.Rahmetov va "Qozog‘iston temir yo‘llari" AJ ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori B.Urinbasarov rahbarligida o‘tkazildi.Tomonlar so‘nggi 8 oy ichida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yuk tashish hajmining oshishiga olib kelgan hamkorlikdagi ishlarni qayd etdilar.Tomonlar, shuningdek, davlatlararo punktlar orqali poyezdlar sonini kuniga 2 juft poyezdga ko‘paytirishni qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqishga kelishib oldi.Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga Qozog‘iston orqali refrejerator seksiyalarini yuborish to‘g‘risida kelishib oldi.Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali bajarish majburiyatini olgan protokol imzolandi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/18/39264693_241:0:908:500_1920x0_80_0_0_2695ea1881525c30e3c2599e8009bbc8.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qozog‘iston
O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari yuk tashish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildi
18:55 24.09.2023 (yangilandi: 11:33 25.09.2023) Uchrashuvda samarali hamkorlik masalalari muhokama qilindi va boshqa qator kelishuvlarga erishildi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ delegatsiyasi Ostona shahriga tashrif buyurib, "Qozog‘iston temir yo‘llari" AJ vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuvda samarali hamkorlik masalalari muhokama qilindi va boshqa qator kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.Rahmetov va "Qozog‘iston temir yo‘llari" AJ ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori B.Urinbasarov rahbarligida o‘tkazildi.
Tomonlar so‘nggi 8 oy ichida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yuk tashish hajmining oshishiga olib kelgan hamkorlikdagi ishlarni qayd etdilar.
Tomonlar, shuningdek, davlatlararo punktlar orqali poyezdlar sonini kuniga 2 juft poyezdga ko‘paytirishni qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqishga kelishib oldi.
Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni oshirish va yangi meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berishning yangi zanjirlarini shakllantirish maqsadida tomonlar O‘zbekistondan Qozog‘istonga qatnaydigan refrejerator seksiyalaridan iborat bo‘lgan refrejerator poyezdini tashkil etish, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib chiqish uchun refrejerator seksiyalaridan foydalanish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga Qozog‘iston orqali refrejerator seksiyalarini yuborish to‘g‘risida kelishib oldi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali bajarish majburiyatini olgan protokol imzolandi.