Mirziyoyev Italiyaning sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Italiya xalqiga hamda marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaga ushbu mamlakat sobiq prezidenti, senator Jorjo Napolitano vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Mirziyoyev Italiya xalqiga hamda marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Italiyaning 11-prezidenti Jorjo Napolitano 22-sentabr kuni 98 yoshida vafot etdi.
Yangiliklar lentasi
0