Ertaga Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida eko-yugurish o‘tkaziladi — ishtirok etish shartlari

© Sputnik / Abdubakir Yunusov"Yangi Nafas" ommaviy yugurish, arxiv surat
Yangi Nafas ommaviy yugurish, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2023
Obuna bo‘lish
Ekologik poyga ishtirokchilari transport va tushlik bilan ta’minlanadi. Joylar soni cheklangan.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Ertaga, 24-sentabr kuni Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida "UzPlogging" ekologik yugurishi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Vazirlik barchani ekologik poygada ishtirok etib, atrof-muhitni toza saqlashga hissa qo‘shishga chaqiri. Aytilishicha, ishtirokchilar transport va tushlik bilan ta’minlanadi. Joylar soni cheklangan (200 tadan ko‘p emas).
Tadbirda ProRun sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, bepul ishtirok etish mumkin. Saytda keltirilishicha, hozirda ishtirokchilar ro‘yxatidan joy olganlar soni 171 nafarga teng.
Har bir ishtirokchiga qayta ishlangan plastmassadan tayyorlangan medal beriladi. Ishtirokchilar “Yoshlik” stadionining (sobiq “Start” stadioni) asosiy kirish eshigida soat 10:00da yig‘ilishadi.
Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan "ProRun" yugurish maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0