https://oz.sputniknews.uz/20230923/ozbekiston-va-singapur-qishloq-xojaligi-sohasida-hamkorlik-qilmoqchi-39248388.html
O‘zbekiston va Singapur qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilmoqchi
O‘zbekiston va Singapur qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2023-09-23T17:09+0500
2023-09-23T17:09+0500
2023-09-23T17:09+0500
iqtisod
o‘zbekiston
singapur
hamkorlik
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/17/39248490_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c4c6b296ba300638fc6c1d9a2e9695d2.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Singapur qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik loyihalarini boshlaydi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori Kuok Khoon Hong bilan muzokaralar o‘tkazdi.Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘simlik yog‘i, un, guruch kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlari hamda chorvachilik sanoati uchun ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Muzokaralar yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish va muhokama qilingan loyiha va tashabbuslar bo‘yicha ishlarni tezroq boshlash yuzasidan ikki tomonlama choralar ko‘rishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.Ma’lumot uchun, “Wilmar International” kompaniyasi 1991-yilda Singapurda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyoda yetakchi agrosanoat korporatsiyasi hisoblanadi. Kompaniya Singapur birjasida bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng yirik kompaniyalar qatoriga kiradi. Kompaniya Xitoy, Hindiston, Indoneziya va 50 ga yaqin mamlakatlarda 500 dan ortiq ishlab chiqarish zavodlariga va 50 dan ortiq ta’minot tizimiga ega. Uning 2022-yildagi sof foydasi 2,4 milliard dollarga baholangan. Xodimlari soni – 100 ming nafar.
o‘zbekiston
singapur
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/17/39248490_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e69882d8f9ae99f51e1504ad50c202cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri laziz kudratov singapurn “wilmar international” kompaniyasi
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri laziz kudratov singapurn “wilmar international” kompaniyasi
O‘zbekiston va Singapur qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilmoqchi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Singapur qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik loyihalarini boshlaydi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
xabar berdi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori Kuok Khoon Hong bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘simlik yog‘i, un, guruch kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlari hamda chorvachilik sanoati uchun ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
“Kompaniya vakillari mamlakatimiz hududlarida o‘rganib kelgan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori baholadilar”, — deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish va muhokama qilingan loyiha va tashabbuslar bo‘yicha ishlarni tezroq boshlash yuzasidan ikki tomonlama choralar ko‘rishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Ma’lumot uchun, “Wilmar International” kompaniyasi 1991-yilda Singapurda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyoda yetakchi agrosanoat korporatsiyasi hisoblanadi. Kompaniya Singapur birjasida bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng yirik kompaniyalar qatoriga kiradi. Kompaniya Xitoy, Hindiston, Indoneziya va 50 ga yaqin mamlakatlarda 500 dan ortiq ishlab chiqarish zavodlariga va 50 dan ortiq ta’minot tizimiga ega. Uning 2022-yildagi sof foydasi 2,4 milliard dollarga baholangan. Xodimlari soni – 100 ming nafar.