https://oz.sputniknews.uz/20230923/ozbekiston-qozogiston-savdo-hajmi-39249868.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmini 10 milliard dollargacha oshiradi
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmini 10 milliard dollargacha oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri Arman Shaqqaliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
2023-09-23T18:28+0500
2023-09-23T18:28+0500
2023-09-23T18:28+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
savdo
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/17/39250051_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ae451b26aa4e2a6fec36c62a468e0969.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmini 10 milliard dollargacha oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri Arman Shaqqaliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘sishining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Oxirgi 6-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 2,5 barobar oshib, 4,6 milliard dollarni tashkil etdi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish va ko‘lamini kengaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi.Shu yilning bahorida tashkil etilgan va o‘tgan oylarda 1,3 million dollarlik mahsulot eksport qilishga muvaffaq bo‘lgan qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi bunga hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.Qayd etilishicha, muloqotda, shuningdek, sarmoyaviy sheriklik va sanoat kooperatsiyasi ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, transport va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati ko‘rib chiqildi.Ma’lumot uchun, Qozog‘iston prezidentining 2022-yil dekabr oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan 7 ta savdo shartnomasi va 24 ta qo‘shma investitsiyaviy bitim amalga oshirilmoqda.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/17/39250051_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3ced531c860c0bd997c96209f4bf7860.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qozog‘iston savdo hajmi 10 milliard dollar laziz kudratov arman shaqqaliyev oziq-ovqat, to‘qimachilik, avtomobil, elektr jihozlari, qora metallar, neft-gaz
o‘zbekiston qozog‘iston savdo hajmi 10 milliard dollar laziz kudratov arman shaqqaliyev oziq-ovqat, to‘qimachilik, avtomobil, elektr jihozlari, qora metallar, neft-gaz
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmini 10 milliard dollargacha oshiradi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri Arman Shaqqaliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmini 10 milliard dollargacha oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
xabar berdi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri Arman Shaqqaliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘sishining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Oxirgi 6-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 2,5 barobar oshib, 4,6 milliard dollarni tashkil etdi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish va ko‘lamini kengaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi.
“Oziq-ovqat, to‘qimachilik, avtomobil, elektr jihozlari, qora metallar, neft-gaz mahsulotlarini yetkazib berish hisobiga savdo ko‘rsatkichlarini yaqin yillarda 10 milliard dollargacha oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Shu yilning bahorida tashkil etilgan va o‘tgan oylarda 1,3 million dollarlik mahsulot eksport qilishga muvaffaq bo‘lgan qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi bunga hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.
Qayd etilishicha, muloqotda, shuningdek, sarmoyaviy sheriklik va sanoat kooperatsiyasi ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, transport va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati ko‘rib chiqildi.
“Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarni hayotga joriy qilish va o‘zaro manfaatli munosabatlarning yangi yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan kelgusida hamkorlik qilish formati bo‘yicha kelishib olindi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston prezidentining 2022-yil dekabr oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan 7 ta savdo shartnomasi va 24 ta qo‘shma investitsiyaviy bitim amalga oshirilmoqda.