O‘zbekistonlik olimlar Oltoyda xalqaro baxshilar qurultoyida ishtirok etishdi

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyOltoyda xalqaro baxshilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi
Oltoyda xalqaro baxshilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2023
Obuna bo‘lish
Oltoyda “Zamonaviy madaniyatda epik meros” xalqaro forumi va Xalqaro baxshilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Oltoyda xalqaro baxshilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda o‘zbek olimlari ham ishtirok etishdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Gorno-Altaysk shahrida “Zamonaviy madaniyatda epik meros” xalqaro forumi va Xalqaro baxshilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda o‘zbekistonlik olimlar, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi Anvar Bo‘ronov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Farrux Jabborov ishtirok etdi.
Oltoy Respublikasining M.V.Chevalkov nomidagi Milliy kutubxonasi majlislar zalida “Epik merosning zamonaviy san’at rivojiga ta’siri” mavzusida anjuman tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston hamda Boshqirdiston, Saxa (Yakutiya), Tiva, Xakasiya, Tatariston, Moskva va Sankt-Peterburgdan olimlar, rejissorlar, san’atkorlar xalq og‘zaki ijodi to‘g‘risida so‘z yuritishdi.
"Anvar Bo‘ronov Oltoy va O‘zbekiston toponimlari orasidagi o‘xshashliklar yuzasidan ma’ruza qildi. Farrux Jabborov esa o‘zbek “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlarida qahramonlarning yerosti olami va samoviy sarhadlarga safarlari, bunday sujetlar bilan oltoy folkloridagi parallellar xususida fikr-mulohazalarini bildirdi", — deyiladi xabarda.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyOltoyda xalqaro baxshilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi
Na Altae proshel mejdunarodniy kongress baxshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2023
Oltoyda xalqaro baxshilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi
Shuningdek, ishtirokchilar A.V.Anoxin nomidagi Milliy muzeyda oltoy kaychilari ichki bo‘g‘iq ovozda kuylash mahoratidan mashg‘ulot o‘tishdi. Uchrashuvda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, kaychi Nogon Shumarov an’anaviy ijrochilikning o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot berdi. Xalqaro baxshilar qurultoyining ko‘p karra g‘oliblari Kidrash Shumarov, Natalya Yenchinova, Monune Taytikov hamda yosh kaychi Timur Minakov chiqish qildi.
Yangiliklar lentasi
0