https://oz.sputniknews.uz/20230923/otabek-umarov-osiyo-oyinlari-ozbekiston-sportchilar-39243452.html
Otabek Umarov Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar bilan uchrashdi
Otabek Umarov Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Otabek Umarov Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati tarkibida ishtirok etadi.
2023-09-23T13:17+0500
2023-09-23T13:17+0500
2023-09-23T13:17+0500
sport
xitoy
o‘zbekiston
otabek umarov
osiyo o‘yinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/17/39242378_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_99734818e9499ae0828291562f0949f6.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Xitoyda O‘zbekiston delegatsiyasining shtab-kvartirasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.Otabek Umarov Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining Atletlar shaharchasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston delegatsiyasining shtab-kvartirasini ko‘zdan kechirdi. Umarovga Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda Oybek Kasimov boshchiligidagi O‘zbekiston MOQ rahbariyati hamrohlik qilishdi.Tashrif davomida shaharchada delegatsiya uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Atletlar yashaydigan xonalar, tibbiyot bo‘limi, mashg‘ulot va musobaqa zallariga qatnashlari uchun yo‘lga qo‘yilgan transport-logistika tizimi, sport turlari bo‘yicha musobaqalar taqvimi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, atletlar shug‘ullanadigan sport zallari, oshxonalar ham ko‘zdan kechirildi.Otabek Umarov bugun Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati tarkibida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230921/ozbekiston-delegatsiyasi-xanchjou-2022-osiyo-oyinlari-39163208.html
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/17/39242378_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_696dbd18dfa7ddc0cf1879054af66a32.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
otabek umarov xanchjou-2022 xix yozgi osiyo o‘yinlari ochilish marosimi osiyo olimpiya kengashi rahbariyati adham ikramov oybek kasimov
otabek umarov xanchjou-2022 xix yozgi osiyo o‘yinlari ochilish marosimi osiyo olimpiya kengashi rahbariyati adham ikramov oybek kasimov
Otabek Umarov Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar bilan uchrashdi
Otabek Umarov Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati tarkibida ishtirok etadi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Xitoyda O‘zbekiston delegatsiyasining shtab-kvartirasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi
xabar berdi. Otabek Umarov Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining Atletlar shaharchasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston delegatsiyasining shtab-kvartirasini ko‘zdan kechirdi. Umarovga Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda Oybek Kasimov boshchiligidagi O‘zbekiston MOQ rahbariyati hamrohlik qilishdi.
Tashrif davomida shaharchada delegatsiya uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Atletlar yashaydigan xonalar, tibbiyot bo‘limi, mashg‘ulot va musobaqa zallariga qatnashlari uchun yo‘lga qo‘yilgan transport-logistika tizimi, sport turlari bo‘yicha musobaqalar taqvimi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, atletlar shug‘ullanadigan sport zallari, oshxonalar ham ko‘zdan kechirildi.
"OOK vitse-prezidenti ayni paytda shaharchada yashayotgan sportchi va murabbiylarimiz bilan yaqindan suhbatlashdi. Samimiy muloqot davomida ularning tayyorgarligi, kayfiyati haqida gaplashib, bo‘lajak bahslarda ularga omad tiladi", — deyiladi xabarda.
Otabek Umarov bugun Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati tarkibida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.