https://oz.sputniknews.uz/20230923/kuz-allergik-kasalliklar-kuchayish-shifokor-39248752.html
Kuzda allergik kasalliklar kuchayishiga qanday omillar ta’sir qiladi — shifokor javobi
Kuzda allergik kasalliklar kuchayishiga qanday omillar ta’sir qiladi — shifokor javobi
Sputnik O‘zbekiston
Mavsumiy allergiya nafaqat bahor va yoz mavsumi, balki kuz faslida ham kuzatiladi.
2023-09-23T21:10+0500
2023-09-23T21:10+0500
2023-09-23T21:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1151/96/11519657_0:273:2671:1775_1920x0_80_0_0_082a2c030c5be205e0218d7a62d4dd63.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Agar sentabr, oktabr, noyabr oylari ham nisbatan issiq kelib, yog‘ingarchik bo‘lmasa, o‘simlik changchalari o‘z allergik xususiyatini saqlab qoladi. Bu haqda Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova ma’lum qildi.Mavsumiy allergiya nafaqat bahor va yoz mavsumi, balki kuz faslida ham kuzatiladi. Salqin kunlar boshlangach, zamburug‘ sporalarining yomg‘irdan keyin havoga yuqori konsentratsiyada ko‘tarilishi natijasida zamburug‘ga nisbatan allergik holatlarning og‘ir formalari uchraydi.Bundan tashqari, uy changi va it, mushuk singari hayvonlar yungi ham simptomlarni keltirib chiqaruvchi muhim allergenlar hisoblanadi.Jumladan, kuz oylarida zamburug‘ sporalari eng ko‘p uchraydigan manba — daraxt va butalardan to‘kilgan yaproqlardir. Bundan tashqari, allergenlar zax yoki mog‘orlagan xonalar hamda yerto‘lalarda ham kuzatiladi.Salqin ob-havo muhiti uy changlarining ko‘payishi uchun ham qulay. Bunday sharoitda allergenlar konsentratsiyasi ortib, allergik rinit, konyunktivit yoki astma belgilari kuchayadi. Bu, ayniqsa, yaxshi isimaydigan va zax xonalarda ko‘proq kuzatiladi.Allergiyani qo‘zg‘atuvchi yana bir manba — uy ichidagi chang to‘plovchi jihoz va anjomlar — gilam va to‘shamalar, yostiqlar, devor qoplamalari, yumshoq mebellar va o‘yinchoqlar hamda kitoblardir.Mavsumiy allergiyaga moyil odamlarning taxminan yarmi uy hayvonlari yungidan aziyat chekadi. Bunday vaziyatda allergik reaksiyalardan butunlay xoli bo‘lish imkonsiz. Biroq xonalarni tez-tez tozalash va shamollatib turish orqali simptomlarni kamaytirish mumkin.Allergiya belgilari kuzatilgan bemorlar o‘z vaqtida mutaxassisga murojaat qilishlari tavsiya etiladi. Xususan, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazida bunday kasalliklarga ilg‘or diagnostika usullari va zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali aniq tashxis qo‘yish hamda samarali davolash yo‘lga qo‘yilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1151/96/11519657_0:22:2671:2025_1920x0_80_0_0_6018dce40281db6cd08be498968d1d36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mavsumiy allergiya kuz
Kuzda allergik kasalliklar kuchayishiga qanday omillar ta’sir qiladi — shifokor javobi
Mavsumiy allergiya nafaqat bahor va yoz mavsumi, balki kuz faslida ham kuzatiladi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Agar sentabr, oktabr, noyabr oylari ham nisbatan issiq kelib, yog‘ingarchik bo‘lmasa, o‘simlik changchalari o‘z allergik xususiyatini saqlab qoladi. Bu haqda Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova
ma’lum qildi. Mavsumiy allergiya nafaqat bahor va yoz mavsumi, balki kuz faslida ham kuzatiladi. Salqin kunlar boshlangach, zamburug‘ sporalarining yomg‘irdan keyin havoga yuqori konsentratsiyada ko‘tarilishi natijasida zamburug‘ga nisbatan allergik holatlarning og‘ir formalari uchraydi.
Bundan tashqari, uy changi va it, mushuk singari hayvonlar yungi ham simptomlarni keltirib chiqaruvchi muhim allergenlar hisoblanadi.
Jumladan, kuz oylarida zamburug‘ sporalari eng ko‘p uchraydigan manba — daraxt va butalardan to‘kilgan yaproqlardir. Bundan tashqari, allergenlar zax yoki mog‘orlagan xonalar hamda yerto‘lalarda ham kuzatiladi.
“Buning oldini olish uchun xonadoningiz hovlisi yoki bog‘ va ayvonlaringizni, qolaversa, tarnov va mo‘rilarni to‘kilgan barglardan tozalash zarur. Qolaversa, hammom va oshxonani mog‘orlardan xoli tutish tavsiya etiladi. Shuningdek, xona ichidagi namlik darajasini kamaytirib, uni 25-50 foizgacha saqlash muhim”, — deyiladi xabarda.
Salqin ob-havo muhiti uy changlarining ko‘payishi uchun ham qulay. Bunday sharoitda allergenlar konsentratsiyasi ortib, allergik rinit, konyunktivit yoki astma belgilari kuchayadi. Bu, ayniqsa, yaxshi isimaydigan va zax xonalarda ko‘proq kuzatiladi.
Allergiyani qo‘zg‘atuvchi yana bir manba — uy ichidagi chang to‘plovchi jihoz va anjomlar — gilam va to‘shamalar, yostiqlar, devor qoplamalari, yumshoq mebellar va o‘yinchoqlar hamda kitoblardir.
Mavsumiy allergiyaga moyil odamlarning taxminan yarmi uy hayvonlari yungidan aziyat chekadi. Bunday vaziyatda allergik reaksiyalardan butunlay xoli bo‘lish imkonsiz. Biroq xonalarni tez-tez tozalash va shamollatib turish orqali simptomlarni kamaytirish mumkin.
Allergiya belgilari kuzatilgan bemorlar o‘z vaqtida mutaxassisga murojaat qilishlari tavsiya etiladi. Xususan, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazida bunday kasalliklarga ilg‘or diagnostika usullari va zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali aniq tashxis qo‘yish hamda samarali davolash yo‘lga qo‘yilgan.