Kelasi yil O‘zbekistonda MDH adliya vazirlari uchrashadi — tafsilotlar

© Ministerstvo yustitsii respubliki UzbekistanDushanbe shahrida MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n yettinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Dushanbe shahrida MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n yettinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2023
Obuna bo‘lish
MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining 18 majlisi 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining 18-majlisi 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Tojikistonning Dushanbe shahrida MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n yettinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Tashkulov ishtirok etdi.
Majlis davomida Kengash a’zolari 2024-yilda MDHga a’zo davlatlar adliya vazirlari kengashiga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tishi, 2024-yil uchun Kengashning Chora tadbirlar rejasining qabul qilinishi, 2027-yilni MDHda Huquqiy ma’rifat yil deb e’lon qilish va boshqa masalalarni muhokama qilishdi.
Adliya vaziri Tashkulov o‘z so‘zida O‘zbekistonda yuridik xizmat, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni optimallashtirish borasida erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda respublikaning barcha viloyatlarida (shaharlarida) jami 208 ta zamonaviy davlat xizmatlari markazlari tashkil etilgan. Shuningdek, respublikaning chekka hududlarida tuman (shahar) markazlaridan 50-100 km uzoqlikda davlat xizmatlari markazlarining 138 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda.
© Ministerstvo yustitsii respubliki UzbekistanDushanbe shahrida MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n yettinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sovet ministrov yustitsii Stran SNG sobralsya v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2023
Dushanbe shahrida MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n yettinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
"2023 yil oxiriga qadar ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari turlarini 350, 2024-yil oxiriga qadar esa 450 turga yetkazishni rejalashtirganmiz",— dedi Tashkulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va navbatlar sonini kamaytirish maqsadida Toshkent shahar markazlari va viloyatlarida “oson”, “o‘rta” va “qiyin” toifalarga bo‘lingan holda xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etildi. Buning natijasida aholi yiliga o‘rtacha 20 million qog‘ozbozlikdan xalos bo‘ldi va aholi tomonidan 300 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ tejab qoldi.
Bundan tashqari adliya vaziri A.Tashkulov huquqiy bazani tizimlashtirish va raqamlashtirish, huquqiy (shu jumladan, korrupsiyaga qarshi va gender-huquqiy) ekspertizaning zamonaviy usullari, huquqiy madaniyatni yuksaltirish kabilarga e’tibor qaratdi.
"MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining 18-majlisini 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Adliya vazirlari Kengashi MDH ishtirokchi davlatlarning davlat rahbarlari Kengashi va davlat hukumatlari rahbarlari Kengashining organi hisoblanib, o‘z vakolati doirasidagi masalalar, jumladan, adliya vazirliklari bilan hamkorlik qilish, MDH ishtirokchi davlatlari qonunchiligini uyg‘unlashtirish, ishtirokchi-davlatlarning huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish kabi va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi.
MDH Kengash a’zolari qatoriga O‘zbekiston 2019-yilda a’zo bo‘lgan. MDH Kengashiga Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari kiradilar.
Yangiliklar lentasi
0