Germaniyada Ukraina uchun qurol yetkazib berishning "A" rejasidan voz kechish so‘raldi
22:00 23.09.2023 (yangilandi: 10:59 25.09.2023)
© Sputnik / Aleksey Vitviskiy
/ Obuna bo‘lish
Bundestagning sobiq deputati Yan van Aken: Germaniya Ukraina qurolli kuchlariga qurol yetkazib berishni to‘xtatishi kerak.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. G‘arb qurollarini yetkazib berish Ukrainaga hech qanday natijaga erishishga yordam bermadi, shuning uchun uni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini yaqinlashtirishga e’tibor qaratish kerak. Bu haqda Bundestagning sobiq deputati Yan van Aken ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Ukraina uchun qurol-yarog‘ning cheksiz ta’minoti va harbiy g‘alabasi haqidagi bugungi konsepsiya o‘z nihoyasiga yetganini tushunish kerak, deb hisoblayman. Ha, bu A rejasi edi, lekin biz undan voz kechishimiz kerak. Tinchlik muzokaralarini yaqinlashtirish uchun nima qilish kerakligi haqida o‘ylashimiz kerak”, — dedi u.
Avvalroq Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Bild nashriga bergan intervusida Germaniya qish oldidan qo‘shimcha o‘q-dorilar, zirhli transport vositalari, elektr generatorlari va isitish tizimlarini yetkazib berishni o‘z ichiga olgan umumiy qiymati 400 million yevroga teng qo‘shimcha harbiy va gumanitar yordam paketini tayyorlayotganini ma’lum qilgandi.