Zelenskiyga o‘rnini ko‘rsatib qo‘yishdi. Yevropacha "do‘stlik" so‘qmoqlari

© AP Photo / Mary AltafferPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet na 78-y sessii Generalnoy Assamblei Organizatsii Obyedinennix Natsiy 19-sentabrya 2023 goda.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet na 78-y sessii Generalnoy Assamblei Organizatsii Obyedinennix Natsiy 19-sentabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina atrofdagilar uchun tobora xavfli bo‘lib bormoqda. Polsha uni boshqalarni ham suv ostiga tortib ketishga tayyor cho‘kayotgan odamga o‘xshatdi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. G‘alla bo‘yicha kelishmovchiliklar Kiyevni Varshavaga iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilishiga olib keldi, polyaklar esa bunga javoban qurol yetkazib berishdan bosh tortdilar. Shuningdek, ukrainaliklarni ogohlantirishdi: agar ular shu yo‘sinda davom etsalar, Yevropa berayotgan imkoniyatlaridan mahrum bo‘lishadi.

Uchta harf

Prezident Anjey Duda BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida Ukrainani o‘z qutqaruvchilarini suv ostiga tortib ketayotgan cho‘kayotgan odamga qiyosladi. “Xafa bo‘lish mumkinmi? Albatta. Hatto g‘azablanishi ham mumkin”, — deb ta’kidladi Duda. Qo‘shimcha qildi: Polsha o‘zini “cho‘kayotgan odam” dan himoya qilmoqchi.
Zelenskiy o‘sha minbarda turib, Yevropadagi ba’zilar “siyosiy teatrda soxta hamjihatlikni ko‘rsatib, don yetkazib berishni trillerga aylantirayotganini” ko‘rib, xavotirga tushganini aytdi. Uning fikricha, bunday ijrochilar beixtiyor Rossiyaga yordam berishadi. Garchi u kimni nazarda tutayotgani aniq bo‘lsada, Varshava matbuot kotibi Potr Muller aniqlik kiritishga shoshildi: “Umid qilamanki, bu biz haqimizda emas”.
Bosh assambleyada Zelenskiy va Dudaning yo‘llari kesishmadi. Polsha prezidentining so‘zlariga ko‘ra, “tashkiliy kelishmovchiliklar tufayli” shunday bo‘ldi.
Ular Nyu-Yorkda nutq so‘zlayotgan paytda, Kiyevda Ukraina Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Taras Kachka Polsha piyozi, pomidorlari, karamlari va olmalariga embargo (taqiq) e’lon qildi. Bu Ukraina don, un va shrot uni import qilish taqiqlanganiga javob bo‘ldi.
“Ukrainaning harakatlari bizni hayratga solmayapti”, — deb javob berdi Polshaning Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha vaziri Shimon Shinkovskiy vel Senk. Varshava mutaxassislari darhol Ukraina donida salmonellalar, pestitsidlar va miotoksinlarni aniqladilar. Bosh veterinar shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yanvardan maygacha Ukrainadan yetkazib berilayotgan mahsulotlarning 35 foizida zararli moddalar aniqlangan.

Qisqa savdo

Shinkovskiy ogohlantirdi: Polsha Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni susaytirishga tayyor. Jamiyat buni talab qilmoqda, so‘rovlar bunga dalil. Varshava universiteti yaqinda “Ukrainadan kelgan qochqinlar, migrantlar va Polsha davlatining xatti-harakatlarini ijtimoiy idrok etish” tadqiqoti natijalarini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, may oyida ukrainaliklarga yanvar oyiga qaraganda 13 foiz kamroq yaxshi munosabatda bo‘lishgan. Ko‘pchilik kochqinlar ish joylarini olib qo‘ymoqda, deb hisoblaydi.
Bosh vazir Mateush Moraveskiy allaqachon qurol-yaroq yetkazib berishni to‘xtatganini e’lon qilgan. Ularning aytishicha, birinchi navbatda o‘z xavfsizligi haqida o‘ylashi kerak: armiyani Yevropadagi eng kuchlilardan biriga aylantirish uchun modernizatsiya qilish kerak.
O‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi vaziri Robert Telus shunday dedi: Kiyev don embargosiga rozi bo‘lmaguncha, Varshava Kiyevning Yevropa integratsiyasiga rozi bo‘lmaydi. Bu Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun qabul qilinadigan imtiyoz, deb hisoblaydi u.
Muller iqtisodiyotda hamma o‘zi uchun o‘zi harakat qiladi, deb qo‘shimcha qildi.

Mamlakatlar nimani xohlaydi?

Ukraina va Polsha OAV lari siyosatchilardan qolishmayapti. “Do Rzeczy” nashri Kiyev Varshava rozi bo‘lishi uchun o‘zini qanday tutishi kerakligini tasvirlab berdi. Birinchidan, Yevropa Ittifoqida Ukraina Fransiya va Germaniyaga emas, aynan Polshaga tayanishi kerak. Ikkinchidan, don bo‘yicha JST sudidagi da’vodan voz kechishi kerak. Bundan tashqari, Stepan Banderaga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishi kerak.
Umuman olganda, “Do Rzeczy” ning fikricha, polyaklar allaqachon yetarlicha yordam berishgan va imtiyozlar talab qilish huquqiga ega. Aks holda, deya ogohlantiradi nashr, Kiyev rasmiylarida hech qanday shartlarsiz ularni doimo qo‘llab-quvvatlashadi, degan taassurot qolishi mumkin.
Yuliush Meroshevskiy nomidagi muloqot markazi rahbari o‘rinbosari Lukash Adamskiy “Ukrayinska pravda” (UP) gazetasidagi maqolasida Kiyev Polsha hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam ko‘lamini tushunmayotganini, shu bilan birga ichki siyosiy yo‘qotishlarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi. U, shuningdek, Ukraina rasmiylarining "Volin qirg‘ini" uchun UPA* tashkilotining javobgarligini tan olishni istamasligini eslatdi.
Adamskiyning ta’kidlashicha, Polsha jamiyati Rossiya-Ukraina mojarosidan kelib chiqqan dastlabki zarbadan allaqachon o‘ziga kelgan. Shunga ko‘ra, fidokorona yordamga tayyorlik zaiflashdi. “Siz bizga yordam berasiz, shunda biz sizni himoya qilamiz” degan argument endi ish bermaydi.
Bunga javoban, “Ukrayinska pravda” UPA* ni qoralash haqida gap bo‘lishi mumkin emasligi va polyaklar Sovet NKVD bilan janglarda halok bo‘lgan Ukraina “pariotlarini" xotirasini hurmat qilishlari kerakligi haqida maqola chop etdi. Bundan tashqari, agar Varshava yanada pragmatik munosabatlarga intilayotgan bo‘lsa, hech kim bunga qarshi emas, lekin u holda Kiyev o‘z agrar xo‘jaligini himoya qilayotganiga hayron bo‘lmaslik kerak.

Hech narsa abadiy emas

MDH davlatlari instituti rahbari o‘rinbosari Vladimir Jarixinning fikricha, mojaro ancha chuqurlashishi mumkin, ammo bu, asosan, Polshadagi parlament saylovlari bilan bog‘liq. “Polsha bozoriga bostirib kelgan Ukraina g‘allasi “Qonun va adolat” hukmron partiyasi saylovchilarining iqtisodiy ahvolini yomonlashtirdi, ularning asosiy qismi qishloqlarda istiqomat qiladi. Bundan tashqari, qochqinlar tufayli mehnat bozoridagi vaziyat taranglashgan. Birinchi navbatda, bu shaharlar muammosi. Shunga ko‘ra, rasmiylar Kiyevni tanqid qilish orqali ko‘proq e’tibor qozonmoqda”, - deydi ekspert.

Rossiya hukumati qoshidagi Moliya universiteti tahlilchisi Denis Denisov shunday qo‘shimcha qiladi: “Varshavada ko‘plab siyosatchilar Ukrainaning ayrim hududlari Polsha hududidan noqonuniy ravishda tortib olingan deb hisoblashadi. Bundan tashqari, ikki tomonlama munosabatlarning butun tarixi og‘riqli dog‘lar bilan qoplangan. Ukrainaliklar o‘z tarixi davomida doim polyaklar bilan jang qilgan.

“RIA Novosti" agentligiga intervyu bergan ekspertlarning ta’kidlashicha, katta ehtimol bilan saylovlardan so‘ng partiyalar go‘yoki hech qachon bunday holatlar bo‘lmagandek o‘zlarini tutishadi. Ularning qarama-qarshiligi boshqa, Ukraina asosiy rol o‘ynaydigan G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik boshqa narsa.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0