Yilning eng yaxshi bog‘cha tarbiyachilari aniqlandi — ular qancha miqdorda pul mukofoti oladi?

© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya respubliki UzbekistanYilning eng yaxshi bog‘cha tarbiyachilari aniqlandi.
Yilning eng yaxshi bog‘cha tarbiyachilari aniqlandi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlov g‘olibiga 12 mln so‘m pul mukofoti berildi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda yilning eng yaxshi bog‘cha tarbiyachilari aniqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya respubliki UzbekistanYilning eng yaxshi bog‘cha tarbiyachilari aniqlandi.
Nagrajdeni luchshee vospitateli goda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Yilning eng yaxshi bog‘cha tarbiyachilari aniqlandi.
Tanlov g‘oliblari quyidagi oltita nominatsiya bo‘yicha aniqlandi.
Eng yaxshi metodist;
Eng yaxshi fidokor tarbiyachi;
Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi;
Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi;
Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi;
Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi.
20-21 sentabr kunlari o‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilari 3 ta shart asosida bellashdi. Shundan, 6 ta nominatsiya bo‘yicha 18 nafar ishtirokchi 1-,2-, va 3- o‘rinlarni egalladi.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya respubliki UzbekistanYilning eng yaxshi bog‘cha tarbiyachilari aniqlandi.
Nagrajdeni luchshee vospitateli goda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Yilning eng yaxshi bog‘cha tarbiyachilari aniqlandi.
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar hamda quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1- o‘rin - 12 mln so‘m;
2- o‘rin - 8 mln so‘m;
3- o‘rin - 5 mln so‘m.
Avgustda bo‘lib o‘tgan ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichida jami 9 146 nafar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etdi. Shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishgan. Tanlovning respublika bosqichiga jami 82 nafar ishtirokchi yo‘llanma olib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashgan.
Yangiliklar lentasi
0