Ular buni yana takrorlashi mumkin. "Opengeymer" filmi dunyoga qanday messej yetkazmoqchi

© Foto : Universal Pictures (2023)Kadr iz kinofilma "Oppengeymer"
Kadr iz kinofilma Oppengeymer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
AQShning yaqinda dunyo sahnalariga chiqqan "Opengeymer" filmi shunchaki navbatdagi "blokbaster" emas. Unda Amerikaning dunyo aholisiga qaratilgan muhim tashviqot xabari bor.
Shu kunlrda amerikaliklar atom bombasini qanday yasagan va ishlatganligi haqidagi "Oppengeymer" filmi barcha qit’alarda o‘ynab, rekord kassa rekordlarini to‘plamoqda. Nolanning yangi durdona asarining asl ma’nosi nima?
Bunday darajadagi rejissor tomonidan suratga olingan ushbu mavzudagi blokbaster shunchaki kino emas, balki vassallarga, raqiblarga va ichki auditoriyaga yuboriladigan murakkab tashviqot xabari (messej) ekanligi aniq.
Rasmiy ravishda biz uch soat davomida eng aqlli olim, Amerika atom bombasining otasi azobini kuzatamiz. Keyin u sadist FBI xodimlari tomonidan so‘roq qilinadi. Harbiylar qo‘rqitmoqda. Shunda birdan vijdon azobi uni bosib ola boshlaydi. Aktor Sillian Merfining katta-katta ko‘zlarida doimo qayg‘u aks etgan.
Ammo, e’tiborni aktorlik mahoratidan biroz chetlatib nazar solsak, biz eng iste’dodli olimni emas, o‘ta kekkaygan, bir shuhratparat olimga ko‘zimiz tushadi. Harbiylar esa uning ushbu zaifligidan o‘z maqsadlarida foydalanadi.
Amerika harbiylar qo‘liga tushgan Oppengeymer birin-ketin xiyonat qilishga majbur bo‘ladi, dastlab do‘stlarini keyin o‘zining eng yashirin ichki sirlarini ham sotishga majbur bo‘ladi. Bularning hammasi o‘z mansabi yo‘lida. Shu bilan birga u o‘zini qurbon qilib ko‘rsatishni ham unutmaydi.
Opengeymer, o‘zining g‘amgin ko‘zlari bilan insoniyat taqdiri haqida qanchalik "qayg‘urmasin" Xirosimada atom bombasi muvaffaqiyatli portlatilganidan so‘ng uning o‘z xodimlariga aytgan so‘zlari uning haqiqiy yuzini fosh qiladi.
"Dunyo bu kunni eslab qoladi. Bomba portlashi natijalarini baholashga hali erta, lekin bu yaponlarga ma’qul kelmasligiga men aminman. (Zalda kulgi, gulduros qarsaklar.) Men siz bilan faxrlanaman... Afsuski, undan (bombadan) Germaniyaga qarshi foydalanishga ulgurmadik.(Kulgi, qarsaklar, olimlar o‘rinlaridan sakrab turishadi, Amerika bayroqlarini silkitishadi, “Oppi! Oppi!” deb baqirishadi)”.
Aktor Merfi bu "g‘alaba" so‘zlarini hayajon bilan qaltirab tilga oladi. Lekin mana shuni umumjahon e’tiboriga olib chiqayotgan rejisser Nolanning asl maqsadi nima? Nahotki u AQShning o‘sha iblisona shafqatsizligini shu tarzda qoralamoqchi?
Yo‘q, umuman bunday emas. Nolan Amerikaning qonxo‘r harbiy mashinasi g‘alabasidan ochiqchasiga zavqlanmoqda. Ha bu mashina dunyoning narigi chekkasida yuz minglab qishilarni o‘ldirishga, har qanday iste’dodni sindirish va uni o‘ziga qullik bilan xizmat qilishga majburlash, mamlakatlar va xalqlarni yo‘q qilish uchun ilmiy yutuqlardan foydalanishga qodir. Va bularning barchasi faqat dunyo ustidan hukmronlik qilish uchun.
Filmning eng dahshatli sahnasi — bu atom bombasi tashlash kerak bo‘lgan nishonini tanlash epizodi. Qo‘mita yig‘lishida davlat rahbarlari Yaponiyaning qaysi shaharlarini bombardimon qilish kerakligini xushmuomalalik va xotirjamlik bilan muhokama qilishadi. Qurbonlar soni taxmin qilinadi. Oppengeymerning fikri so‘raladi. Harbiylar gapiradi. Mudofaa vaziri Genri Stimsonning qalami o‘n bir shahar ro‘yxati ustida turibdi. Shaharlar dastlab o‘n ikkita edi, lekin Stimson Kiotoni ro‘yxatdan o‘chiradi, chunki u rafiqasi bilan asal oyini o‘sha yerda o‘tkazgan va shaharni juda yaxshi ko‘rib qolgan ekan. Bu haqiqiy tarixiy fakt.

Rejissor bu epizodning har daqiqasidan zavqlanadi - go‘yoki uning vatandoshlari olimp xudolari kabi insoniyat taqdirini tom ma’noda hal qilmoqda. Bu sahna, albatta, AQShning butun dunyo bo‘ylab qudratini ko‘z-ko‘z va targ‘ib qilish maqsadida tasvirlangan.

Shu o‘rinda Stenli Kubriknng "Doktor Streynjlav yoki men atom bombasini qanday yaxshi ko‘rib qoldim" nomli filmini esga olsak. Unda har bir kadr Vashington hech qanday sababsiz boshlashga tayyor bo‘lgan yadroviy urushning shafqatsiz bema’niligi haqida qichqiradi.
Nolanning "messejlari" esa butunlay boshqacha. "Oppengeymer" filmi yadroviy urush va u keltirib chiqaradigan oqibatlar borasida hech qanday patsifizm (urushga qarshilik qilish) emas - aksincha, bu sof qo‘rqitish. Bu, ayniqsa, Rossiyada yaqqol ko‘rinadi - axir, AQShning atom bombasi, aslida, bizning mamlakatimizga qarshi yaratilgan.

Bosh qahramonning barcha ko‘z yoshlari va nolalariga qaramay, filmning asosiy g‘oyasi asosiy messeji bitta — amerikaliklar, o‘zlari aytganidek, "buni yana takrorlashi mumkin".

O‘zlarining amerikalik auditoriyasiga esa boshqacharoq messej yuborilmoqda — biz eng zo‘r, super texnologiyalar egalarimiz va Yer yuzida qancha xohlasak, shuncha odamni jazosiz yo‘q qila olamiz. Bu, albatta, tashviqot va yolg‘on, lekin filmda hammasi juda ishonchli taqdim etilgan. Amerikaliklarga manzur bo‘lishi kerak.
Dunyoda Nolanning filmi qanday qabul qilinishi qiziq. Albatta, yaponiyalik tomoshabinlar hayratda. Film u yerda darhol ekranlarga chiqarilmagan. Ha, yaponlar Xirosima va Nagasaki portlashlarida o‘zlari "aybdor" ekanliklariga allaqachon ishonch hosil qilishgan. Ammo filmda bu qirg‘inlardan so‘ng Amerika elitasining shodligi shunchalik ochiq ko‘rsatilgan, ularning yuzlarda juda katta baxt aks etgan-ki — bu yaponlarga yoqishi mumkin emas...
Yaponlar afsus bilan shotlandiyalik komediyachi Frenki Boylning so‘zlaridan iqtibos keltiradilar: "Amerika nafaqat sizning mamlakatingizga shunchaki bostirib kirib, hammani o‘ldirish bilan kifoyalanmaydi. Ular yana yigirma yildan keyin qaytib kelib amerikalik askarlarning hammani o‘ldirishi naqadar qayg‘uli bo‘lgani haqida film ham suratga oladi".
Xitoyda, aksincha, film yaxshi qabul qilindi: u erda "Oppengeymer" yaxshi tushumlar, tomoshabinlar va tanqidchilarning eng yuqori baholarini oldi. Yaponiya istilosi ostida bo‘lgan va ularning harbiylari tomonidan qiynoqqa solingan Xitoy xalqining avlodlari Yaponiya hukumronligiga chek qo‘yadigan bombani qanday tuyg‘u bilan kutib olganini tushunish qiyin emas.

Rossiya uchun esa, nozik psixolog Nolanning filmi Amerika esteblishmenti (rahbariyati) haqida yana bir faktni ochiqladi. U yerda hamma narsa pul yoki foyda bilan emas, balkim hokimiyatga bo‘lgan sof irodasi, faqat hukmronlik ishtiyoqi bilan boshqariladi. Ya’ni o‘zlarining gegemonligi uchun bu yigitlar butun dunyoni changga aylantirishga qodir.

Bunga filmning bir sahnasida amin bo‘lish mumkin. O‘sha vaqtlarda olimlar orasida shunday teoriya bo‘lgan: agar Yer yuzida biror joyda ochiq atmosferada yadroviy reaksiya boshlansa u butun Yer atmosferasini yoqib yubormaguncha va insoniyatni yo‘q qilmaguncha to‘xtamaydi. Opengeymer shunday ehtimollik borligi haqida AQSh genreraliga tushuntrganida u hayajonga tushadi, lekin bomba sinovlarini to‘xtatmaydi.
Bir vaqtlar amerikalik harbiy tahlilchi Herman Kan SSSR bilan yadro urushida g‘alaba qozonish uchun o‘ttiz million amerikalikni qurbon qilishni taklif qilgan edi. Shubhasiz, Vashingtonda hamma ham ana shunday aqldan ozgan emas. Lekin AQSh hokimiyatida shunday shaxslar ham bor. Kristofer Nolanning yangi filmi aynan o‘shalardan bizga messej yetkazmoqda.
Yangiliklar lentasi
0