Toshkentning qator tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi — manzillar

© Sputnik / Pavel LisisinGaz plitasi
Gaz plitasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning Mirobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning Mirobod, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi. Bu haqda poytaxt hokimligi “Hududgaz Poytaxt”ga tayanib xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Mirobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
Quyidagi tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
Mirobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha: Baynalminal mahallasi 7-berk Mironshoh, Berk-Oqyo‘l ko‘chalari, ulgurji iste’molchilar — 2 ta.
Chilonzor tumanida 10:00 dan 18:00 gacha: Lutfiy mahallasi, 1- Qatortol mahallasi, Nafosat mahallasi, Diyor mahallasi, Qatortol mahallasi. Cho‘pon ota mahallasi, Bog‘zor mahallasi, Oqtepa mahallasi, ulgurji iste’molchilar — 34 ta.
Uchtepa tumanida 10:00 dan 18:00 gacha: Guzar mahallasi, Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasi, Bog‘iston mahallasi, ulgurji iste’molchilar — 23 ta.
Yangiliklar lentasi
0