Bugun Toshkentning Mirobod va Yashnobod tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda "svet" bo‘lmaydi

Lampochka.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning ikkita tumanidagi ko‘chalarda elektr ta’minoti soat 09:00dan soat 17:00gacha vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yashnobod tumani: "Yangi davr" va "Uch chinor" MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Mirobod tumani: "Farovon" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0