https://oz.sputniknews.uz/20230922/togli-qorabog-ozarbayjonning-ichki-masalasi-hammaga-tasir-qildi-39216514.html
Tog‘li Qorabog‘: “Ozarbayjonning ichki masalasi” hammaga ta’sir qildi
Tog‘li Qorabog‘: “Ozarbayjonning ichki masalasi” hammaga ta’sir qildi
Sputnik O‘zbekiston
Armaniston hech qachon Tog‘li Qorabog‘ning mustaqilligini tan olmagan va uni o‘z hududining bir qismi deb e’lon qilmagan. 22.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-22T21:50+0500
2023-09-22T21:50+0500
2023-09-22T21:50+0500
ozarbayjon
armaniston
rossiya
mojaro
tog‘li qorabog‘
boku
yerevan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/13/39105585_0:0:3607:2029_1920x0_80_0_0_f09a38ea6be49278675cf82a95e8aaa3.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘da uzoq davom etgan qurolli mojaro nihoyasiga yetish arafasida. Ozarbayjon tomoni va mahalliy aholi vakillari Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi vositachiligida 20-sentabr kuni soat 13:00 dan boshlab harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.Bugun Ozarbayjon o‘z suverenitetini tikladi va tinch yo‘l bilan hudud reintegratsiyasini amalga oshirmoqchi.Darhaqiqat, 2022-yil kuzida Pragada bo‘lib o‘tgan sammitda Yerevan va Boku BMT Nizomi va MDHning 1991-yildagi Olmaota deklaratsiyasiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Ya’ni, Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon SSR tarkibida bo‘lganida, tomonlar bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini sobiq ittifoq respublikalari chegaralari doirasida tan olgan.2023 yil bahorida Brusselda Yevropa Ittifoqi shafeligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitda tomonlar kvadrat kilometrgacha o‘z pozitsiyalarini tasdiqladilar.Shu bilan birga, Rossiya tinchlikparvar kontingenti (RTK) Tog‘li Qorabog‘ hududida vazifalarni bajarishda davom etmoqda. Boku, Yerevan va Stepanakert bilan tinch aholiga nisbatan xavfsizlik va insonparvarlik qonunchiligiga rioya qilishni ta’minlash uchun hamkorlik qiladi. Qorabog‘ning uch viloyatidan 5 mingga yaqin aholi tinchlikparvarlar joylashgan joyga evakuatsiya qilindi, ularning barchasi tibbiy yordam, issiq ovqat va dam olish joylari bilan ta’minlandi.Biroq, vaziyat murakkab.Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 20-sentabr kuni tinchlikparvar kuchlar bo‘lgan avtomobil Janyatog‘ qishlog‘i yaqinidagi RTK kuzatuv punktidan qaytayotib hujumga uchragan. Mashinada bo‘lgan rossiyalik harbiylar halok bo‘lgan.Voqea joyida Ozarbayjon Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tergov organlari vakillari tomonidan aniqlik kiritilmoqda. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda RTK harbiy xizmatchilarining Tog‘li Qorabog‘da fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan uzr so‘radi va chuqur hamdardlik bildirdi.Janubiy Kavkazdagi har bir tinchlikparvar missiya birinchi kundan to oxirgi kungacha xavf ostida bo‘ladi. Rossiya Mudofaa vazirligining 15-alohida motoo‘qotar brigadasining 800 nafarga yaqin harbiy xizmatchisidan iborat tinchlikparvar kuchlar Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvga muvofiq 2020-yil noyabr oyidan boshlab Tog‘li Qorabog‘ hududida munosib xizmat qilmoqda.Xalqaro rezonansOzarbayjon tan olinmagan respublika qurolli kuchlari olib chiqib ketilganidan keyin Tog‘li Qorabog‘ning tinch yo‘l bilan reintegratsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.19 va 20-sentabr kunlari Yerevan Ozarbayjonning “mahalliy xarakterdagi terrorizmga qarshi chora-tadbirlari”ga juda vazminlik bilan munosabatda bo‘ldi va Qorabog‘ armanlarini himoya qilmadi.Tog‘li Qorabog‘dagi voqealar Armaniston tinchlikparvar kuchlari va AQSh maxsus kuchlarining Yerevan yaqinidagi “Eagle Partner 2023” qo‘shma harbiy manyovrlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi.Armaniston poytaxtida – hukumat binosi va Rossiya elchixonasi yaqinidagi ommaviy norozilik namoyishlari jiddiy oqibatlarga olib kelmadi. So‘nggi yillarda bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgan mitinglar o‘ziga xos norma va arman demokratiyasining mustahkamlanishi belgisiga aylandi.Moskva Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘liq oddiy va murakkab savollarga aniq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblarga ega. Rossiyaning mintaqadagi barqarorlashtiruvchi roli saqlanib qolmoqda. 19-sentabr kuni keskinlashuvning yangi bosqichida Moskva mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi va eng muhimi, bu maqsadga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi.Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaziyatda 2022-yilgi Donbass bilan har qanday o‘xshashlik va taqqoslashlar o‘rinsiz. Rossiya keskin vaziyatda Donesk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan oldi, keyin tinch aholini qurol kuchi bilan himoya qildi.Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 2022-yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon tarkibiga kirishini rasman tasdiqlagan edi. Boku va mahalliy aholi uchun qolgani vaqt masalasiga aylandi.G‘arb davlatlari muntazam ravishda Qorabog‘ armanlariga hamdard bo‘lib, hech qanday "yordam" taklif qilmadilar. Mojaroni hal qilish uchun hech narsa qilmadilar.BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh 2020-yilgi kelishuvlarni amalga oshirishga chaqirdi. BMT Inson huquqlari kengashi (IHK) Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik jarayoniga qaytish hozir har qachongidan ham muhimroq ekanini aytdi. BMT Xavfsizlik Kengashining Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilishi 21-sentabr kuni – voqealar dinamikasidan ajratilgan holda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 20-sentabrga o‘tar kechasi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatda mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilish imkoni yo‘qligini uzoqni o‘ylamay ta’kidladi.Bir so‘z bilan aytganda, “Ozarbayjonning ichki masalasi” hammaga ta’sir qildi, ammo har xil yo‘llar bilan.Yevropa davlatlari Janubiy Kavkaz muammolaridan eng kam xavotirda. Masalan, Gretsiya siyosatchilari Qorabog‘dan keyin Egey dengizi va Kiprdagi vaziyatning “Erdog‘anning ambitsiyalari tufayli” keskinlashishi mumkinligidan ko‘proq xavotirda.Har qanday qiyin vaziyatda G‘arb o‘ziga, aniqrog‘i o‘ziga yaqinroq muammolarga sodiq qoladi.
armaniston
tog‘li qorabog‘
boku
yerevan
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/13/39105585_692:155:2772:1715_1920x0_80_0_0_5939f094026fbcc71cc2e1813ad29a79.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
ozarbayjon, armaniston, rossiya, mojaro, tog‘li qorabog‘, boku, yerevan
ozarbayjon, armaniston, rossiya, mojaro, tog‘li qorabog‘, boku, yerevan
Tog‘li Qorabog‘: “Ozarbayjonning ichki masalasi” hammaga ta’sir qildi
Armaniston hech qachon Tog‘li Qorabog‘ning mustaqilligini tan olmagan va uni o‘z hududining bir qismi deb e’lon qilmagan.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘da uzoq davom etgan qurolli mojaro nihoyasiga yetish arafasida. Ozarbayjon tomoni va mahalliy aholi vakillari Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi vositachiligida 20-sentabr kuni soat 13:00 dan boshlab harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bugun Ozarbayjon o‘z suverenitetini tikladi va tinch yo‘l bilan hudud reintegratsiyasini amalga oshirmoqchi.
Kecha Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin o‘tgan 24 soat ichida sodir bo‘lgan qaynoq voqealarni xolisona baholab, izoh berdi: “Boku o‘z hududida harakat qilmoqda. Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat Ozarbayjonning ichki ishi”.
Darhaqiqat, 2022-yil kuzida Pragada bo‘lib o‘tgan sammitda Yerevan va Boku BMT Nizomi va MDHning 1991-yildagi Olmaota deklaratsiyasiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Ya’ni, Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon SSR tarkibida bo‘lganida, tomonlar bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini sobiq ittifoq respublikalari chegaralari doirasida tan olgan.
2023 yil bahorida Brusselda Yevropa Ittifoqi shafeligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitda tomonlar kvadrat kilometrgacha o‘z pozitsiyalarini tasdiqladilar.
Shu bilan birga, Rossiya tinchlikparvar kontingenti (RTK) Tog‘li Qorabog‘ hududida vazifalarni bajarishda davom etmoqda. Boku, Yerevan va Stepanakert bilan tinch aholiga nisbatan xavfsizlik va insonparvarlik qonunchiligiga rioya qilishni ta’minlash uchun hamkorlik qiladi. Qorabog‘ning uch viloyatidan 5 mingga yaqin aholi tinchlikparvarlar joylashgan joyga evakuatsiya qilindi, ularning barchasi tibbiy yordam, issiq ovqat va dam olish joylari bilan ta’minlandi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 20-sentabr kuni tinchlikparvar kuchlar bo‘lgan avtomobil Janyatog‘ qishlog‘i yaqinidagi RTK kuzatuv punktidan qaytayotib hujumga uchragan. Mashinada bo‘lgan rossiyalik harbiylar halok bo‘lgan.
Voqea joyida Ozarbayjon Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tergov organlari vakillari tomonidan aniqlik kiritilmoqda. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda RTK harbiy xizmatchilarining Tog‘li Qorabog‘da fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan uzr so‘radi va chuqur hamdardlik bildirdi.
Janubiy Kavkazdagi har bir tinchlikparvar missiya birinchi kundan to oxirgi kungacha xavf ostida bo‘ladi. Rossiya Mudofaa vazirligining 15-alohida motoo‘qotar brigadasining 800 nafarga yaqin harbiy xizmatchisidan iborat tinchlikparvar kuchlar Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvga muvofiq 2020-yil noyabr oyidan boshlab Tog‘li Qorabog‘ hududida munosib xizmat qilmoqda.
Ozarbayjon tan olinmagan respublika qurolli kuchlari olib chiqib ketilganidan keyin Tog‘li Qorabog‘ning tinch yo‘l bilan reintegratsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bugun Yevlaxda Ozarbayjon Respublikasi va Qorabog‘ armanlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon Konstitutsiyasi va qonunlari asosida rezidentlarning huquq va majburiyatlari muhokama qilindi. E’tibor beramiz, Qorabog‘ aholisi tanlash huquqiga ega, hech kim Ozarbayjon fuqaroligiga majburlanmaydi.
19 va 20-sentabr kunlari Yerevan Ozarbayjonning “mahalliy xarakterdagi terrorizmga qarshi chora-tadbirlari”ga juda vazminlik bilan munosabatda bo‘ldi va Qorabog‘ armanlarini himoya qilmadi.
Tog‘li Qorabog‘dagi voqealar Armaniston tinchlikparvar kuchlari va AQSh maxsus kuchlarining Yerevan yaqinidagi “Eagle Partner 2023” qo‘shma harbiy manyovrlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi.
Armaniston poytaxtida – hukumat binosi va Rossiya elchixonasi yaqinidagi ommaviy norozilik namoyishlari jiddiy oqibatlarga olib kelmadi. So‘nggi yillarda bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgan mitinglar o‘ziga xos norma va arman demokratiyasining mustahkamlanishi belgisiga aylandi.
Moskva Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘liq oddiy va murakkab savollarga aniq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblarga ega. Rossiyaning mintaqadagi barqarorlashtiruvchi roli saqlanib qolmoqda. 19-sentabr kuni keskinlashuvning yangi bosqichida Moskva mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi va eng muhimi, bu maqsadga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaziyatda 2022-yilgi Donbass bilan har qanday o‘xshashlik va taqqoslashlar o‘rinsiz. Rossiya keskin vaziyatda Donesk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan oldi, keyin tinch aholini qurol kuchi bilan himoya qildi.
Armaniston hech qachon Tog‘li Qorabog‘ning mustaqilligini tan olmagan va uni o‘z hududining bir qismi deb e’lon qilmagan (shu sababli KXShTni jalb qilish haqida gap bo‘lishi mumkin emas).
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 2022-yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon tarkibiga kirishini rasman tasdiqlagan edi. Boku va mahalliy aholi uchun qolgani vaqt masalasiga aylandi.
G‘arb davlatlari muntazam ravishda Qorabog‘ armanlariga hamdard bo‘lib, hech qanday "yordam" taklif qilmadilar. Mojaroni hal qilish uchun hech narsa qilmadilar.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh 2020-yilgi kelishuvlarni amalga oshirishga chaqirdi. BMT Inson huquqlari kengashi (IHK) Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik jarayoniga qaytish hozir har qachongidan ham muhimroq ekanini aytdi. BMT Xavfsizlik Kengashining Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilishi 21-sentabr kuni – voqealar dinamikasidan ajratilgan holda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 20-sentabrga o‘tar kechasi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatda mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilish imkoni yo‘qligini uzoqni o‘ylamay ta’kidladi.
Bir so‘z bilan aytganda, “Ozarbayjonning ichki masalasi” hammaga ta’sir qildi, ammo har xil yo‘llar bilan.
Yevropa davlatlari Janubiy Kavkaz muammolaridan eng kam xavotirda. Masalan, Gretsiya siyosatchilari Qorabog‘dan keyin Egey dengizi va Kiprdagi vaziyatning “Erdog‘anning ambitsiyalari tufayli” keskinlashishi mumkinligidan ko‘proq xavotirda.
Har qanday qiyin vaziyatda G‘arb o‘ziga, aniqrog‘i o‘ziga yaqinroq muammolarga sodiq qoladi.