Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkata Mirziyoyev. Arxiv surat
Shavkata Mirziyoyev. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda, “Xorazm-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasi birgalikda amalga oshirilmoqda.

"Oktabr oyida poytaxtda Turkmaniston madaniyati kunlari o‘tkaziladi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Markaziy Osiyoda o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan amaldagi ko‘p tomonlama formatlar doirasida kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi. Telefon muloqoti yakunida davlat rahbari Turkmaniston prezidenti va xalqini bo‘lajak Mustaqillik kuni bilan dildan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0