https://oz.sputniknews.uz/20230922/rossiya-strategik-yadroviy-suv-osti-kemasi-loyiha-39192359.html
Rossiyada strategik yadroviy suv osti kemasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi
Rossiyada strategik yadroviy suv osti kemasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya strategik yadroviy suv osti kemasi uchun yangi loyiha ishlab chiqdi.
2023-09-22T10:50+0500
2023-09-22T10:50+0500
2023-09-22T11:47+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
armiya
rossiya armiyasi
kema
harbiy texnika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/16/39196298_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_6a8088eac4c08461eebfa98f7cd84d3d.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. “Rubin” markaziy konstruktorlik burosi o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategik yadroviy suv osti kemasining yangi loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda tashkilot bosh direktori o‘rinbosari Andrey Baranov RIA Novostiga xabar berdi.Avvalroq “Rubin” direktori Igor Vilnit RIA Novostiga yangi strategik yadro suvosti kemalari 2037-yildan keyin “Borey” seriyali suv osti kreyserlari o‘rnini bosishi kerakligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, birinchi marta “Armiya 2022” ko‘rgazmasida taqdim etilgan konsept-model “Arktur” yangi avlod strategik yadro suv osti kemasi harbiy dengiz flotida faqat XXI asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lishi mumkin. Avvalroq u Rossiyaning kelajakdagi strategik yadroviy suv osti kemasi hajmi kichraytirilishini, ammo unga qurol va uchuvchisiz samolyotlar maksimal darajada joylashtirilishini aytgan edi.“Rubin” markaziy konstruktorlik burosi — Rossiyaning yadroviy strategik va yadroviy bo‘lmagan suv osti kemalari, shuningdek, dengiz dronlarini ishlab chiqaruvchi asosiy tashkilot hisoblanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/16/39196298_324:0:2792:1851_1920x0_80_0_0_e713be605ae06277f502f596924ee2c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya strategik yadroviy suv osti kemasi yangi loyiha “rubin” markaziy konstruktorlik burosi armiya 2022” ko‘rgazmasi “arktur” yangi avlod strategik yadro suv osti kemasi
rossiya strategik yadroviy suv osti kemasi yangi loyiha “rubin” markaziy konstruktorlik burosi armiya 2022” ko‘rgazmasi “arktur” yangi avlod strategik yadro suv osti kemasi
Rossiyada strategik yadroviy suv osti kemasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi
10:50 22.09.2023 (yangilandi: 11:47 22.09.2023) Rossiya strategik yadroviy suv osti kemasi uchun yangi loyiha ishlab chiqdi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. “Rubin” markaziy konstruktorlik burosi o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategik yadroviy suv osti kemasining yangi loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda tashkilot bosh direktori o‘rinbosari Andrey Baranov
RIA Novostiga xabar berdi.
Avvalroq “Rubin” direktori Igor Vilnit RIA Novostiga yangi strategik yadro suvosti kemalari 2037-yildan keyin “Borey” seriyali suv osti kreyserlari o‘rnini bosishi kerakligini ma’lum qilgandi.
Shu bilan birga, birinchi marta “Armiya 2022” ko‘rgazmasida taqdim etilgan konsept-model “Arktur” yangi avlod strategik yadro suv osti kemasi harbiy dengiz flotida faqat XXI asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lishi mumkin.
“Arktur konsepsiyasi mumkin bo‘lgan yagona suv osti texnikasi emas, o‘rta muddatli istiqbolda an’anaviy texnikalar bor. Biz variantlarni taklif qilamiz, flot eng yaxshisini baholaydi va tanlaydi. Siz bilgan barcha yadroviy suv osti kemalari, shu jumladan eng zamonaviylari ham shunday vujudga kelgan”, — dedi Baranov.
Avvalroq u Rossiyaning kelajakdagi strategik yadroviy suv osti kemasi hajmi kichraytirilishini, ammo unga qurol va uchuvchisiz samolyotlar maksimal darajada joylashtirilishini aytgan edi.
“Rubin” markaziy konstruktorlik burosi — Rossiyaning yadroviy strategik va yadroviy bo‘lmagan suv osti kemalari, shuningdek, dengiz dronlarini ishlab chiqaruvchi asosiy tashkilot hisoblanadi.