Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovTest sinovlari, arxiv surat
Test sinovlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fandan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. 2023/2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 26–29 sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Bunda test sinovlari:
1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi)dan o‘tkaziladi.
Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:
- 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
- 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
- majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘ralshgan.
Yangiliklar lentasi
0