https://oz.sputniknews.uz/20230922/prezident--ozsuvtaminot-yil-oxiriga-qadar-11-mln-kishining-suv-taminotini-yaxshilaydi--39232915.html
"O‘zsuvta’minot" yil oxirigacha 1,1 mln. kishining suv ta’minotini yaxshilaydi — Prezident
"O‘zsuvta’minot" yil oxirigacha 1,1 mln. kishining suv ta’minotini yaxshilaydi — Prezident
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi 6-yilda mahallarlarda yashayotgan 6,5 million aholi xonadonlarga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi. 22.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-22T20:45+0500
2023-09-22T20:45+0500
2023-09-22T20:50+0500
jamiyat
prezident
suv
sovuq suv
o‘zsuvta’minot
ichimlik
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/16/39230630_0:12:1280:732_1920x0_80_0_0_782f750e9002b3c6058b25047bbafdcc.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda aholini ichimlik suvi bilan ta’milashni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi salomatligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy, hududiy dasturlar bajarilmoqda. Xususan, so‘nggi 6-yilda ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14,5 trln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu oldingi davrga nisbatan 6 baravar ko‘p. Respublika bo‘ylab 31 ming kilometr ichimlik suvi va oqova tarmoqlari o‘tkazilgan, 1200 ta suv inshootida qurilish-ta’mirlash bo‘lgan. Bu ishlar natijasida 6,5 million aholi xonadonlarga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi.Shuningdek, ko‘p hollarda suv behuda yo‘qotilayapti, iste’molning aniq hisobi yo‘q. Ayrim nasoslar, soha korxonalariga tegishli maxsus texnikalar eskirgan.Yig‘ilishda, viloyat hokimlari va xalq deputatlariga kelgusi yil uchun dastur ishlab chiqib, hukumat qaroriga kiritish va bunda suv ta’minoti darajasi past 30 ta tumanga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.Shuningdek, suv yetkazuvchi nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, soha korxonalarini moliyaviy barqarorlashtirish choralari ham belgilandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/16/39230630_108:31:1064:748_1920x0_80_0_0_0ff8808393983a22fdb4de13d9627c95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, suv, sovuq suv, o‘zsuvta’minot, ichimlik, shavkat mirziyoyev
jamiyat, prezident, suv, sovuq suv, o‘zsuvta’minot, ichimlik, shavkat mirziyoyev
"O‘zsuvta’minot" yil oxirigacha 1,1 mln. kishining suv ta’minotini yaxshilaydi — Prezident
20:45 22.09.2023 (yangilandi: 20:50 22.09.2023) So‘nggi 6-yilda mahallarlarda yashayotgan 6,5 million aholi xonadonlarga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda aholini ichimlik suvi bilan ta’milashni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga joriy yil yakunigacha 12 ming kilometr tarmoq hamda 1300 ta suv inshootini qurish va ta’mirlash vazifasi qo‘yildi. Buning hisobiga 145 ta mahalladagi 1 million 100 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvidan bahramand bo‘ladi, 2 mingta mahalladagi ta’minot yaxshilanadi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi salomatligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy, hududiy dasturlar bajarilmoqda.
Xususan, so‘nggi 6-yilda ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14,5 trln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu oldingi davrga nisbatan 6 baravar ko‘p. Respublika bo‘ylab 31 ming kilometr ichimlik suvi va oqova tarmoqlari o‘tkazilgan, 1200 ta suv inshootida qurilish-ta’mirlash bo‘lgan. Bu ishlar natijasida 6,5 million aholi xonadonlarga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi.
Lekin, hali 30 ta tuman va 1 ming 400 ta mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash talab etiladi. Ular uchun toza suv manbasini topish zarur, - dedi prezident.
Shuningdek, ko‘p hollarda suv behuda yo‘qotilayapti, iste’molning aniq hisobi yo‘q. Ayrim nasoslar, soha korxonalariga tegishli maxsus texnikalar eskirgan.
Yig‘ilishda, viloyat hokimlari va xalq deputatlariga kelgusi yil uchun dastur ishlab chiqib, hukumat qaroriga kiritish va bunda suv ta’minoti darajasi past 30 ta tumanga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, suv yetkazuvchi nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, soha korxonalarini moliyaviy barqarorlashtirish choralari ham belgilandi.