"Figaro": Polsha Ukrainaga jiddiy zarba berdi

© AP Photo / Czarek SokolowskiUkraina va Polsha bayroqlari, arxiv surat
Ukraina va Polsha bayroqlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Gazeta Polsha hukumati o‘z bayonotlari bilan Vladimir Zelenskiyning xalqaro mavqeyini susaytirdi deb hisoblaydi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Polsha qurol-yarog‘ yetkazib berishdan bosh tortish bilan Ukrainaga jiddiy zarba berdi. Fransiyaning “Le Figaro” gazetasi Varshava qarorini shunday baholamoqda.
Qayd etilishicha, Polsha prezidenti Anjey Duda va bosh vaziri Mateush Moraveskiyning bayonotlari Ukraina va uning asosiy ittifoqchilaridan biri o‘rtasidagi ziddiyatni hammaga oshkor qilgan.
Bu bilan Polsha hukumati Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning xalqaro mavqeyini susaytirgan va G‘arb mamlakatlari Kiyevni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashni bas qilishi mumkinligi borasidagi tasavvurni uyg‘otgan. Bu boshqa Yevropa mamlakatlari tomonidan yordamning kamayishi xavfini yuzaga keltiradi.
Gazetaning yozishicha, qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish Polshaning o‘zining ham imidjiga salbiy ko‘rsatishi mumkin. Chunki Polsha Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanishi bilan Kiyev rejimining asosiy ittifoqchilaridan biri edi va uning hududidan Kiyevga harbiy yordam yetkazilib berilayotgan edi.
“Le Figaro” Varshavaning bunday keskin munosabatlaridan biri hukmron “Huquq va adolat” partiyasining 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin deb taxmin qilgan. Shu bois hukumat polshalik fermerlarni qo‘llab-quvvatlashi va o‘z manfaatlarini himoya qila olishini ko‘rsatishga urinmoqda.
Avvalroq Moraveskiy endi Varshava Kiyevga hech qanday qurol-yarog‘ yetkazib bermayotganini ma’lum qilgan edi. U mamlakat o‘z armiyasi uchun zamonaviy qurol-aslaha xarid qilayotgani va katta buyurtma berib bo‘lganini aytdi.
Keyinroq Moraveskiy so‘zlari yuzasidan Polsha hukumati matbuot kotibi Potr Muller tushuntirish berdi va mamlakat Ukrainaga faqat ilgari kelishilgan qurollarni yetkazib berayotganiga aniqlik kiritdi.
Anjey Duda TVN24 telekanali efirida Polsha hukumati o‘z armiyasi uchun sotib olayotgan zamonaviy qurol-yarog‘larni Ukrainaga berish niyati yo‘qligini bildirdi.
Andrey Duda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
O‘ta xavfli —Polsha prezidenti Ukrainani cho‘kayotgan odamga qiyosladi
Yangiliklar lentasi
0