https://oz.sputniknews.uz/20230922/ozbekistonda-antistrumin-tabletkalaridan-foydalanish-vaqtincha-taqiqlandi--39226011.html
O‘zbekistonda "Antistrumin" tabletkalaridan foydalanish vaqtincha taqiqlandi
O‘zbekistonda "Antistrumin" tabletkalaridan foydalanish vaqtincha taqiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirligining xatida ta’kidlanishicha, zaharlanishning mumkin bo‘lgan sababi SAMO tomonidan ishlab chiqarilgan kaliy yodid tabletkalarini ("Antistrumin") qabul qilish bo‘lgan. Shu sababli, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu preparat bo‘yicha laboratoriya hisobotlari olinmaguncha kaliy yodid tabletkalarini (Antistrumin) tarqatishni vaqtincha to‘xtatishni buyurdi.
2023-09-22T18:46+0500
2023-09-22T18:46+0500
2023-09-22T19:18+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
namangan viloyati
zaharlanish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/02/31222031_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_facab10762477779cc66673df5d58776.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi “Kaliy yodid 1 mg (0, 001g) tabletka №100 (Antistrumin)" dori vositasidan zudlik bilan foydanishni taqiqladi. Bu sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova imzolagan ko‘rsatma xatidan ma’lum bo‘ldi.Xat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va "O‘zmedimpeks” MChJ va “Samo” kompaniyasiga yo‘llangan.Doridan foydalanish laboratoriya xulosalari chiqqunga qadar taqiqlanadi.Bu qaror Namangan viloyati Chust tumanida 71 bola, jumladan, to‘qqizta bog‘chaning 69 nafar tarbiyalanuvchisi va ikki nafar maktab o‘quvchisining zaharlanishidan keyin qabul qilingan. Ularning zaharlanishiga tarqatilgan bu dori vositasini sabab qilib ko‘rsatilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlangani haqida xabar qilingan edi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, hozir bolalarning ahvoli qoniqarli, ulardan 20 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan. Bosh prokuratura bu holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.20 sentabrdan O‘zbekistonda "Yorqin millat" dasturi bo‘yicha yod bilan ta’minlash ishlari boshlandi. Yod preparatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi orqali 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun bepul taqdim etiladi. Dori har chorshanba kuni tarqatiladi.Yod tanqisligi ruhiy va aqliy qobiliyatlarning buzilishi, intellekt pasayish, buqoq rivojlanishi, qalqonsimon bezning ishdan chiqishi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining sekinlashishi kabi holatlarga olib keladi.
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/02/31222031_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_12786a4acf11b7dc94232d5cca7c4b1a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston "antistrumin" kaliy yodid taqiq bolalar zaharlanishi namangan ssv
o‘zbekiston "antistrumin" kaliy yodid taqiq bolalar zaharlanishi namangan ssv
O‘zbekistonda "Antistrumin" tabletkalaridan foydalanish vaqtincha taqiqlandi
18:46 22.09.2023 (yangilandi: 19:18 22.09.2023) Bu qaror Namangan viloyatida 71 bola zaharlanganidan keyin qabul qilingan.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi “Kaliy yodid 1 mg (0, 001g) tabletka №100 (Antistrumin)" dori vositasidan zudlik bilan foydanishni taqiqladi. Bu sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova imzolagan ko‘rsatma xatidan ma’lum bo‘ldi.
Xat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va "O‘zmedimpeks” MChJ va “Samo” kompaniyasiga yo‘llangan.
Doridan foydalanish laboratoriya xulosalari chiqqunga qadar taqiqlanadi.
Bu qaror Namangan viloyati Chust tumanida 71 bola, jumladan, to‘qqizta bog‘chaning 69 nafar tarbiyalanuvchisi va ikki nafar maktab o‘quvchisining zaharlanishidan keyin qabul qilingan. Ularning zaharlanishiga tarqatilgan bu dori vositasini sabab qilib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlangani haqida xabar qilingan edi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, hozir bolalarning ahvoli qoniqarli, ulardan 20 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga
ruxsat berilgan. Bosh prokuratura bu holat yuzasidan tekshiruv
olib bormoqda.20 sentabrdan O‘zbekistonda "Yorqin millat" dasturi bo‘yicha yod bilan ta’minlash ishlari boshlandi. Yod preparatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi orqali 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun bepul taqdim etiladi. Dori har chorshanba kuni tarqatiladi.
Yod tanqisligi ruhiy va aqliy qobiliyatlarning buzilishi, intellekt pasayish, buqoq rivojlanishi, qalqonsimon bezning ishdan chiqishi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining sekinlashishi kabi holatlarga olib keladi.