Namanganda bolalar zaharlanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi — prokuratura

© GenprokuraturaBosh prokuratura binosi
Bosh prokuratura binosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura: Chust tumanida favqulodda holat e’lon qilinganligi xaqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Namangan viloyatida bolalar zaharlangani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumanida voyaga yetmagan bolalar zaharlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish davomida voyaga yetmagan bolalarning zaharlanishi sabablari aniqlanadi va bu haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

“Voyaga yetmagan bolalar nimadan zaharlanganligi xali noma’lum bo‘lganligi sababli jamoatchilikdan noto‘g‘ri va turli taxminlarga asoslangan xabarlarni tarqatmasliklarni so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tekshirish jarayoni nazoratga olingan. Chust tumanida favqulodda holat e’lon qilinganligi xaqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan vazirlik barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda. Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
"Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi. Tumanda sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qat’iy nazoratga olingan", — deyiladi xabarda.
Xabarda mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot berilishi aytilgan.
Yangiliklar lentasi
0