https://oz.sputniknews.uz/20230922/milliy-lazgi-baleti-toshkent-spektakl-sana-manzil-39214724.html
Milliy "Lazgi" baleti Toshkentga qaytadi — spektakl sanasi va manzil
Milliy "Lazgi" baleti Toshkentga qaytadi — spektakl sanasi va manzil
Sputnik O‘zbekiston
Noyabr oyida “Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi” balet spektakli sayyor safarlaridan so‘ng O‘zbekistonda namoyish etiladi.
2023-09-22T15:10+0500
2023-09-22T15:10+0500
2023-09-22T16:08+0500
madaniyat
o‘zbekiston
toshkent
balet
lazgi
yunesko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0b/38771905_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_b15d622c3a67bd35763c639900b3eec1.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda “Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi” balet spektakli namoyish etiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri sahnasida 4–5 noyabr kunlari “Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi” balet spektakli taqdim etiladi.“Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi” baleti rossiyalik tomoshabinlarga Aleksandrinskiy teatri (Sankt-Peterburg) va Katta teatrning Tarixiy sahnasi (Moskva)da namoyish etilgan edi.Xalq donishmandligining timsoli bo‘lgan, ko‘plab sir-asror va afsonalarga chulg‘angan Xorazm raqsi tarixi uch ming yillik tarixga ega. Fusunkor quvvat, otashin harakatlar, murakkab raqs bezagiga asoslangan noyob uslub – bularning barchasi lazgini misli yo‘q madaniy hodisaga aylantiradi.2019 yilda YuNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan “Xorazm lazgi” raqsi bugun yangicha talqinga ega bo‘ldi.Mualliflar ilg‘or sahna texnologiyalarini Xorazm raqsining o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashtirgan holda yaxlit kompozitsiya yaratishga qaror qilishdi.Mazkur asar O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Teatr durdonasini yaratish ustida ishlash uchun xalqaro professionallar jamoasi taklif qilindi. Rassomlarning liboslari ustida taniqli rus dizayneri Frol Burimskiy ishlagan.Spektakl premyerasi o‘tgan yilning sentabr oyida Toshkentdagi A.Navoiy nomidagi opera va balet Katta teatr sahnasida bo‘lib o‘tdi. Spektaklning Rossiyadagi premyerasi 7-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi Aleksandrinskiy teatrida bo‘lib o‘tdi. Ilgari "Lazgi" baleti Dubay va Istanbulda namoyish etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230911/biz-lazgi-rossiyaga-yana-qaytishiga-kelishib-oldik-38785404.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0b/38771905_619:219:2754:1820_1920x0_80_0_0_b10a9526cddaf8ddd9f1bd777449897a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
milliy "lazgi" baleti toshkent “lazgi. qalb va muhabbat raqsi” balet spektakli alisher navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri
milliy "lazgi" baleti toshkent “lazgi. qalb va muhabbat raqsi” balet spektakli alisher navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri
Milliy "Lazgi" baleti Toshkentga qaytadi — spektakl sanasi va manzil
15:10 22.09.2023 (yangilandi: 16:08 22.09.2023) Noyabr oyida “Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi” balet spektakli sayyor safarlaridan so‘ng O‘zbekistonda namoyish etiladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda “Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi” balet spektakli namoyish etiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
xabar berdi. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri sahnasida 4–5 noyabr kunlari “Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi” balet spektakli taqdim etiladi.
“Bu sahna asarining favqulloda ajoyib muvaffaqiyat bilan o‘tgan sayyor safarlaridan so‘ng O‘zbekistondagi ilk namoyishlari bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
“Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi” baleti rossiyalik tomoshabinlarga Aleksandrinskiy teatri (Sankt-Peterburg) va Katta teatrning Tarixiy sahnasi (Moskva)da namoyish
etilgan edi.Xalq donishmandligining timsoli bo‘lgan, ko‘plab sir-asror va afsonalarga chulg‘angan Xorazm raqsi tarixi uch ming yillik tarixga ega. Fusunkor quvvat, otashin harakatlar, murakkab raqs bezagiga asoslangan noyob uslub – bularning barchasi lazgini misli yo‘q madaniy hodisaga aylantiradi.
2019 yilda YuNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan “Xorazm lazgi” raqsi bugun yangicha talqinga ega bo‘ldi.
Mualliflar ilg‘or sahna texnologiyalarini Xorazm raqsining o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashtirgan holda yaxlit kompozitsiya yaratishga qaror qilishdi.
Mazkur asar O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Teatr durdonasini yaratish ustida ishlash uchun xalqaro professionallar jamoasi taklif qilindi. Rassomlarning liboslari ustida taniqli rus dizayneri Frol Burimskiy ishlagan.
Spektakl premyerasi o‘tgan yilning sentabr oyida Toshkentdagi A.Navoiy nomidagi opera va balet Katta teatr sahnasida bo‘lib o‘tdi. Spektaklning Rossiyadagi premyerasi 7-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi Aleksandrinskiy teatrida bo‘lib o‘tdi. Ilgari "Lazgi" baleti Dubay va Istanbulda namoyish etilgan.