Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik/Zafar XalilovToshkent teleminorasi, arxiv surat
Toshkent teleminorasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 22-24 sentabr kunlari kam bulutli va quruq havo bo‘ladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zgidromet dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Bugun Volgabo‘yi hududidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika hududi bo‘yicha nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonda kam bulutli va quruq havo bo‘ladi, kunduzgi harorat +23...+28 darajani tashkil etadi.
Dam olish kunlari bunday ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Salqin havo massasi asta-sekin sharqqa tomon siljiydi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari +11...+16 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari +25..+30 darajagacha isiydi.
Poytaxtda bugun yog‘ingarchilik kutimaydi, kunduzgi harorat +23...+25 darajani tashkil etadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechalari +12...+14 daraja, kunduz kunlari +25...+27 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0