O‘zbekiston FIFA reytingida pastladi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
FIFA milliy jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona pastlab, 74-o‘rindan 75-o‘ringa tushgan. “Oq bo‘rilarning” Osiyo qit’asidagi o‘rni esa o‘zgarmay qolgan – 10-o‘rin.
Qo‘shnilardan Qirg‘iziston 96, Qozog‘iston 100, Tojikiston 110, Turkmaniston esa 140-o‘rinlarni band etgan.
Argentina hamon reyting peshqadami. Fransiya reytingda ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. Braziliya kuchli uchlikka yakun yasagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi sentabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. AQShga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Meksika bilan durang (3:3) o‘ynadi.
Yangiliklar lentasi
0