O‘zbekiston elchixonasi vakillari Malayziyadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

© Sputnik / Fayed El-Geziri / Mediabankka o‘tishKuala-Lumpur, Malayziya. Arxivnoe foto
Kuala-Lumpur, Malayziya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazma Malayziya poytaxtida 2009-yildan beri o‘tkazilib kelinadi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Kuala-Lumpurdagi Malayziya xalqaro savdo va ko‘rgazmalar markazida ish boshlagan “Aqlli millat ko‘rgazmasi - 2023” (“SmartNation-2023”) tadbirida ishtirok etmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
“SmartNation-2023” axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yangiliklar, 5G texnologiyasi, robototexnika, sun’iy ong, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, sanoat, moliya, ta’lim soxalarida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar ko‘rgazmasi bo‘lib, Malayziya poytaxtida 2009-yildan beri o‘tkazilib kelinadi.
Unda har yili dunyoning 25 dan ortiq mamlakatidan 500 ga yaqin kompaniya, 50 dan ortiq mamlakatdan salkam 20 ming kishi ishtirok etadi, 1000 dan ortiq innovatsiya texnologiyalari va yechimlar namoyish qilinadi.
© IA "Dunyo"O‘zbekiston elchixonasi vakillari Malayziyadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda
Predstaviteli posolstva Uzbekistana uchastvuyut v mejdunarodnoy vistavke v Malayzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
O‘zbekiston elchixonasi vakillari Malayziyadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda
Ko‘rgazmada tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan islohotlar, IT Park Uzbekistan va so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda innovatsiya ekotizimini rivojlantirishda startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Malayziya tomoni O‘zbekiston vakillarini kelgusi yili tashkil etiladigan “Aqlli millat ko‘rgazmasi - 2024” ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qildi.
Ko‘rgazma doirasida uning qator qatnashchilari, jumladan, Malayziyaning “Tron Bradbury Energy”, “Drone Academy Asia” va “Teleplex Solutions Sdn Bhd” kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda faoliyat yuritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirishdi.
Yangiliklar lentasi
0