https://oz.sputniknews.uz/20230921/otb-ozbekiston-200-mln-dollar-elektr-taqsimlash-tarmogi-39157504.html
OTB O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi — mablag‘ nimalarga sarflanadi?
OTB O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi — mablag‘ nimalarga sarflanadi?
Sputnik O‘zbekiston
Yangi loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar mintaqaviy elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini oladi.
2023-09-21T10:51+0500
2023-09-21T10:51+0500
2023-09-21T11:03+0500
iqtisod
o‘zbekiston
elektr energiyasi
osiyo taraqqiyot banki (otb)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/14/16046393_0:268:3072:1996_1920x0_80_0_0_f1fc48938ca3971fbf85ef829f45a9a4.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston elektr taqsimlash tarmog‘ini raqamlashtirish uchun 200 million dollar ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, OTB O‘zbekistonga 200 million dollar miqdoridagi qarzni ma’qulladi. Mazkur mablag‘ energiya samaradorligi va elektr energiyasi xizmatlari ishonchliligini oshirish uchun energiya taqsimlash tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga yordam berish uchun ajratilmoqda.“Taqsimlash tarmog‘ini raqamli transformatsiya qilish va barqarorligini oshirish” loyihasi doirasida respublikadagi 26 ta taqsimlovchi podstansiya raqamli podstansiyalarga, jumladan, dispetcher nazorati va ma’lumotlarni yig‘ish (SCADA) tizimiga modernizatsiya qilinadi.Raqamli himoya relesi va iqlimga chidamli loyiha podstansiyalarning tabiiy ofatlar va ekstremal ob-havo hodisalar paytida ishlash ishonchliligi va chidamliligini oshiradi, shuningdek, mintaqaviy elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini oladi.OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning eskirib qolgan taqsimlash tarmog‘ini modernizatsiya qilish mamlakatning uzoq muddatli yashil va kam uglerodli strategiyasi uchun muhim ahamiyatga ega.Aytilishicha, O‘zbekistonning taqsimlash tizimi 7,6 million maishiy va sanoat iste’molchilariga xizmat ko‘rsatadi. Xonadonlarni 100% elektrlashtirishga erishilganiga qaramay, mamlakat asosan 1960-yillarda qurilgan eskirayotgan va haddan tashqari yuklangan infratuzilma tufayli ishonchsiz elektr ta’minotidan aziyat chekmoqda.Elektr ta’minotidagi uzilishlar hozir ham davom etmoqda va ular ayniqsa qishda, past haroratlarda isitish uchun elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan vaqtda yuqori darajada bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida maktab va poliklinikalar kabi muhim ijtimoiy xizmatlarining faoliyat yuritishi murakkablashtirishiga olib kelmoqda.O‘zbekistonda energiyaga bo‘lgan talab 2019-yildagi 67 teravatt-soatdan 2030-yilda 120,8 teravatt-soatgacha oshishi kutilmoqda. Hukumat 2030-yilga qadar mavjud 12,9 GVt quvvatga qo‘shimcha ravishda 17 gigavatt (GVt) moqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish salohiyatini qurishni, jumladan, 8 GVt quvvatga ega qayta tiklanadigan energiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.OTBning Energetika bo‘yicha bosh mutaxassisi Sun Dak Kimning fikricha, ushbu loyiha O‘zbekistonga mamlakatning ortib borayotgan talabini qondirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha energiyani ishonchli yetkazib berish imkonini beradi.OTB loyihasi, shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” davlat taqsimlash kompaniyasining moliyaviy boshqaruv salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi.Bundan tashqari, Hududiy elektr tarmoqlari va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida talaba qizlarni o‘qitish maqsadida 250 000 dollar miqdoridagi texnik yordam granti taqdim etiladi.Fransiya taraqqiyot agentligi qisman OTB tomonidan boshqariladigan 70 million yevro (taxminan 75 million dollar) miqdorida qo‘shma moliyalashtirishni taqdim etadi.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OTBga 1995-yilda a’zo bo‘lgan. Bugungi kunga qadar bank tomonidan mamlakatga 10,8 milliard dollar miqdorida qarzlar, grantlar va texnik ko‘mak taqdim etilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning elektr tarmog‘ini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishi ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, bank 125 million dollari miqdorida zayom ajratishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘ O‘zbekistonning elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarining ko‘proq mamlakat energetika balansiga integratsiyalashuvini ta’minlash uchun sarflanadi.Shuningdek, OTB O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga 93 mln dollar yo‘naltiradi. Bundan tashqari bank mamlakatda xalqaro avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishga yordam berishini ma’lum qilgan. Qolaversa, OTB Toshkent shahri va uning viloyatida 13 ta maktab qurish uchun mablag‘ ajratadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/14/16046393_17:0:2748:2048_1920x0_80_0_0_bbaa5db56f01f9c2a868c43dfeed13af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston osiyo taraqqiyot banki (otb) elektr taqsimlash tarmog‘i raqamlashtirish 200 million dollar yevgeniy jukov sun dak kim scada elektr energiyasi elektr energiyasi elektr taqsimlash tarmog‘ini
o‘zbekiston osiyo taraqqiyot banki (otb) elektr taqsimlash tarmog‘i raqamlashtirish 200 million dollar yevgeniy jukov sun dak kim scada elektr energiyasi elektr energiyasi elektr taqsimlash tarmog‘ini
OTB O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi — mablag‘ nimalarga sarflanadi?
10:51 21.09.2023 (yangilandi: 11:03 21.09.2023) OTB: yangi loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar mintaqaviy elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini oladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston elektr taqsimlash tarmog‘ini raqamlashtirish uchun 200 million dollar ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, OTB O‘zbekistonga 200 million dollar miqdoridagi qarzni ma’qulladi. Mazkur mablag‘ energiya samaradorligi va elektr energiyasi xizmatlari ishonchliligini oshirish uchun energiya taqsimlash tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga yordam berish uchun ajratilmoqda.
“Taqsimlash tarmog‘ini raqamli transformatsiya qilish va barqarorligini oshirish” loyihasi doirasida respublikadagi 26 ta taqsimlovchi podstansiya raqamli podstansiyalarga, jumladan, dispetcher nazorati va ma’lumotlarni yig‘ish (SCADA) tizimiga modernizatsiya qilinadi.
Raqamli himoya relesi va iqlimga chidamli loyiha podstansiyalarning tabiiy ofatlar va ekstremal ob-havo hodisalar paytida ishlash ishonchliligi va chidamliligini oshiradi, shuningdek, mintaqaviy elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini oladi.
OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning eskirib qolgan taqsimlash tarmog‘ini modernizatsiya qilish mamlakatning uzoq muddatli yashil va kam uglerodli strategiyasi uchun muhim ahamiyatga ega.
“Biz nafaqat energiya xizmatlari sifatini yaxshilash, balki issiqxona gazlari chiqindilarining ko‘payishiga olib keladigan elektr energiya yo‘qotishlarini kamaytirish orqali toza energiyaga o‘tishni osonlashtiradigan ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz, - dedi Yevgeniy Jukov.
Aytilishicha, O‘zbekistonning taqsimlash tizimi 7,6 million maishiy va sanoat iste’molchilariga xizmat ko‘rsatadi. Xonadonlarni 100% elektrlashtirishga erishilganiga qaramay, mamlakat asosan 1960-yillarda qurilgan eskirayotgan va haddan tashqari yuklangan infratuzilma tufayli ishonchsiz elektr ta’minotidan aziyat chekmoqda.
Elektr ta’minotidagi uzilishlar hozir ham davom etmoqda va ular ayniqsa qishda, past haroratlarda isitish uchun elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan vaqtda yuqori darajada bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida maktab va poliklinikalar kabi muhim ijtimoiy xizmatlarining faoliyat yuritishi murakkablashtirishiga olib kelmoqda.
O‘zbekistonda energiyaga bo‘lgan talab 2019-yildagi 67 teravatt-soatdan 2030-yilda 120,8 teravatt-soatgacha oshishi kutilmoqda. Hukumat 2030-yilga qadar mavjud 12,9 GVt quvvatga qo‘shimcha ravishda 17 gigavatt (GVt) moqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish salohiyatini qurishni, jumladan, 8 GVt quvvatga ega qayta tiklanadigan energiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
OTBning Energetika bo‘yicha bosh mutaxassisi Sun Dak Kimning fikricha, ushbu loyiha O‘zbekistonga mamlakatning ortib borayotgan talabini qondirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha energiyani ishonchli yetkazib berish imkonini beradi.
“Shuningdek, yetkazish va taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish, aqlli va moslashuvchan tizimlar quyosh va shamol kabi qayta tiklanadigan energiya manbalarining o‘zgaruvchanligini yaxshiroq boshqarish imkonini berishini hisobga olsak, mamlakatga qayta tiklanadigan energiyani tarmoqqa ko‘proq integratsiya qilish imkonini beradi”, – dedi Sun Dak Kim.
OTB loyihasi, shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” davlat taqsimlash kompaniyasining moliyaviy boshqaruv salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi.
Bundan tashqari, Hududiy elektr tarmoqlari va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida talaba qizlarni o‘qitish maqsadida 250 000 dollar miqdoridagi texnik yordam granti taqdim etiladi.
Fransiya taraqqiyot agentligi qisman OTB tomonidan boshqariladigan 70 million yevro (taxminan 75 million dollar) miqdorida qo‘shma moliyalashtirishni taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OTBga 1995-yilda a’zo bo‘lgan. Bugungi kunga qadar bank tomonidan mamlakatga 10,8 milliard dollar miqdorida qarzlar, grantlar va texnik ko‘mak taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning elektr tarmog‘ini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishi ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, bank 125 million dollari miqdorida zayom ajratishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘ O‘zbekistonning elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarining ko‘proq mamlakat energetika balansiga integratsiyalashuvini ta’minlash
uchun sarflanadi.Shuningdek, OTB O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga 93 mln
dollar yo‘naltiradi. Bundan tashqari bank mamlakatda xalqaro avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishga yordam berishini
ma’lum qilgan. Qolaversa, OTB Toshkent shahri va uning viloyatida 13 ta maktab qurish uchun
mablag‘ ajratadi.