https://oz.sputniknews.uz/20230921/mirziyoevning-aqshga-amaliy-tashrifi-yakuniga-etdi-39156212.html
Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakuniga yetdi
Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakuniga yetdi
Sputnik O‘zbekiston
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.
2023-09-21T09:18+0500
2023-09-21T09:18+0500
2023-09-21T12:13+0500
siyosat
o‘zbekiston
aqsh
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/15/39156300_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_dcd7993933f3fa15d8c218ae0ea1738e.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “S5+1” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jozef Bayden ikki tomonlama uchrashuvda davlatlararo va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.Bundan tashqari, Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel, Koreya respublikasi prezidenti Yun Sok Yol, Pokiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar Kakar, shuningdek, nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari – BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala, Jahon banki guruhi prezidenti Adjay Banga, FIFA prezidenti Janni Infantino bilan muzokaralar o‘tkazdi.Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/15/39156300_54:0:1191:853_1920x0_80_0_0_4cbe6704ee083be1bfde26e537f228ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev aqsh
Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakuniga yetdi
09:18 21.09.2023 (yangilandi: 12:13 21.09.2023) Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Davlat rahbari Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zlab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi hamda global va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “S5+1” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jozef Bayden ikki tomonlama uchrashuvda davlatlararo va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Bundan tashqari, Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel, Koreya respublikasi prezidenti Yun Sok Yol, Pokiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar Kakar, shuningdek, nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari – BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala, Jahon banki guruhi prezidenti Adjay Banga, FIFA prezidenti Janni Infantino bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.