https://oz.sputniknews.uz/20230921/mirziyoev-pokiston-hukumati-rahbari-bilan-qator-masalalarni-muhokama-qildi-39155087.html
Mirziyoyev Pokiston hukumati rahbari bilan qator masalalarni muhokama qildi
Mirziyoyev Pokiston hukumati rahbari bilan qator masalalarni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tomonlar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari yil boshidan 75 foizga o‘sganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
2023-09-21T07:45+0500
2023-09-21T07:45+0500
2023-09-21T12:45+0500
siyosat
o‘zbekiston
pokiston
shavkat mirziyoyev
uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/15/39154500_14:17:1183:674_1920x0_80_0_0_9bc5f91106ad5b0457ec1fba904be531.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 20-sentabr kuni, Nyu-York shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasida Pokiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Tomonlar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari yil boshidan 75 foizga o‘sganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shu davrda yuk tashish hajmi 50 foizga oshdi, 20 ta yangi qo‘shma korxona ochildi.Mirziyoyev imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovar ayirboshlashni oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish ishlarini davom ettirish muhimligini ta’kidladi.Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtayi nazaridan fikr almashildi.Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalda ilgari surish borasida birgalikda harakat qilish muhim ekani qayd etildi.
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/15/39154500_179:21:1035:663_1920x0_80_0_0_875df2d10d56517f4376e7447729b801.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev pokiston hukumati rahbari
mirziyoyev pokiston hukumati rahbari
Mirziyoyev Pokiston hukumati rahbari bilan qator masalalarni muhokama qildi
07:45 21.09.2023 (yangilandi: 12:45 21.09.2023) Tomonlar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari yil boshidan 75 foizga o‘sganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 20-sentabr kuni, Nyu-York shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasida Pokiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari yil boshidan 75 foizga o‘sganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shu davrda yuk tashish hajmi 50 foizga oshdi, 20 ta yangi qo‘shma korxona ochildi.
Mirziyoyev imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovar ayirboshlashni oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish ishlarini davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida samarali hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. To‘qimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika va turizm sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.
Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtayi nazaridan fikr almashildi.
Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalda ilgari surish borasida birgalikda harakat qilish muhim ekani qayd etildi.