Mirziyoyev Jahon banki guruhi prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi — muhokama etilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuv o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 20-sentabr kuni, Nyu-York shahrida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Suhbat avvalida Mirziyoyev Ajay Bangani Jahon banki guruhi prezidenti lavozimida ish boshlagani bilan tabrikladi hamda uning rahbarligida bank rivojlanayotgan mamlakatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga faol ko‘maklashishni davom ettirishiga ishonch bildirdi.

Xususiylashtirish va samarali davlat boshqaruvi sohalarida bankning ekspertlik va texnik ko‘magini kengaytirish, karbonsizlashtirish, muqobil energetika, infratuzilma va kommunikatsiyalar, suv ta’minoti bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish va ularga xususiy investitsiyalar, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish hamda Transafg‘on temir yo‘lini qurish kabi strategik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Ajay Banga, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini yuqori baholab, o‘zaro manfaatli sheriklikni bundan buyon ham rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Bankning dunyo biznesi yetakchi vakillaridan iborat Maslahat kengashi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0