Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 21-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishPopolnenie odnogo iz desantno-shturmovix polkov VDV provodit zanyatiya po boyevomu slajivaniyu na poligone v LNR.
Popolnenie odnogo iz desantno-shturmovix polkov VDV provodit zanyatiya po boyevomu slajivaniyu na poligone v LNR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom etmoqda. 21-sentabr kuni Ukrainaning qurbon bo‘lgan va yaralangan askarlari soni 600 dan oshdi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya Federeatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 21-sentabr hisoboti:

Bugun tunda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy sanoat obyektlariga, shuningdek, radio razvedka markazlari va Qurolli kuchlarning sabotaj guruhlarini o‘qitish markazlariga yuqori aniqlikdagi uzoq masofali havodan uchiriladigan qurollar va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan guruhli zarba berdi. Nishonga olingan obyektlarga zarba yetib bordi.
Zaporojye yo‘nalishida, Novopokrovka va Rabotino aholi punktlari hududlarida rus qo‘shinlari bo‘linmalari Ukraina Qurolli Kuchlarining 71-o‘rmonchi (yeger) va 47-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalarining ikkita hujumini qaytardi.
Verbovoe qishlog‘i hududida UQKning 46-aeromobil brigadasining ishchi kuchi to‘plangan joyga zarba berildi. Natijada 50ka yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita BMP, bitta AQShda ishlab chiqilgan "Bradley" piyoda jangovar mashinasi va uchta mashina yo‘q qilindi. Artilleriya jangi paytida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, uchta D-30 gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan M119 to‘pi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Orexovo-Vasilevka, Kurdumovka, Klesheyevka, Veseloe, Ximik aholi punktlari hududlarida Ukraina bo‘linmalarining beshta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari: 300 dan ortiq harbiylar, ikkita zirhli jangovar mashina, beshta avtomobil, Olxa reaktiv tizimi jangovar mashinasi, shuningdek, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Sinkovka va Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berdi. Natijada 20 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va AQShda ishlab chiqarilgan 155 mm M109 "Paladin" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi Chervonaya Dibrova va Shipilovka aholi punktlari hududlarida UQKning uchta hujumni qaytardi. Bundan tashqari, Grigorovka, Torskoe DPR va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi aholi punktlari hududlarida dushmanning ishchi kuchi va texnikasi mag‘lub etildi. Kun davomida UQK 75 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap va D-30 gaubitsasini yo‘qotdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Prechistovka, Zaporoje viloyatining Priyutnoe aholi punkti hududidagi UQK bo‘linmalari hujumini qaytardi. Kun davomida UQK yo‘qotishlari 110 nafargacha harbiy xizmatchilarni, zirhli jangovar mashinasini, to‘rtta texnikasini, "Uragan" reaktiv tizimi jangovar mashinasini va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya qismini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari zarbasi natijasida 45 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta mashina va AQShda ishlab chiqarilgan M777 gaubitsasi yo‘q qilindi. Pereyaslavskiy orolida 126-hududiy mudofaa brigadasining Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 102 ta hududda joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi. DXRning Kalinovo aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari vayron qilingan.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari beshta uzoq masofali "Storm Shadow" qanotli raketalarini, to‘rtta HIMARS ko‘p raketali tizimini va HARM antiradar raketasini urib tushirdi.
Bundan tashqari, Mirnoe, Tokmak, Chervonogorka, Pologi, Volnovaxa, Artemovsk, Zolotarevka, Golikovo, Lisichansk, Olshana, Novaya Sburevka, Sagi va Geroyskoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 75 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Hammasi bo‘lib, maxsus operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 475 ta samolyot, 249 ta vertolot, 7020 ta uchuvchisiz uchish apparati, 438 ta zenit-raketa tizimi, 12016 ta tank va boshqa zirhli jangovar transport vositalari, 1154 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 6473 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek 13281 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0