https://oz.sputniknews.uz/20230920/ozbekistonning-yana-bir-tabiiy-meros-obekti-yunesko-royxatiga-kiritildi-39136977.html
Muhim voqea: O‘zbekistonning yana bir tabiiy meros obyekti YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi
Muhim voqea: O‘zbekistonning yana bir tabiiy meros obyekti YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, yangi obyekt YuNESKO ro‘yxatidagi mo‘’tadil cho‘llar toifasiga kiradigan birinchi obyekt hisoblanadi.
2023-09-20T15:29+0500
2023-09-20T15:29+0500
2023-09-20T15:29+0500
o‘zbekiston
yunesko
saudiya arabistoni
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/14/39137122_0:64:1200:740_1920x0_80_0_0_5537f9db4db312649f0f5024660597b1.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston ishtirokidagi "Mo‘’tadil mintaqadagi Turon cho‘llari" transchegaraviy tabiat obyekti YuNESKOning Umumjahon tabiiy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.Ushbu voqea 10–25 sentabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan YuNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 45-kengaytirilgan yig‘ilishida sodir bo‘ldi.Qozog‘iston va Turkmaniston bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu nomzodnomaning O‘zbekistonga tegishli qismi O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tayyorlangan."Mo‘’tadil mintaqadagi Turon cho‘llari" Umumjahon tabiiy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekistondan qatnashgan ikkinchi obyekt hisoblanadi. 2016-yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ishtirokidagi "G‘arbiy Tan-Shan" obyekti ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan.Hududning O‘zbekistonga doir qismi Orolbo‘yi mintaqasi va Usturt platosi hududlarida joylashgan 2 mln gektardan ortiq hududni egallagan bir-biriga chegaradosh beshta tarkibiy qism — Saygachi, Saygachi-Beleuli, Saygachi-Duana, Saygachi-Jideyli hamda Janubiy Usturtdan iborat.Eslatib o‘tamiz, Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgandi.
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/14/39137122_179:0:1091:684_1920x0_80_0_0_2cb4e15bbff011a42a4f370f30fe59ef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tabiiy meros obyekti yunesko
o‘zbekiston tabiiy meros obyekti yunesko
Muhim voqea: O‘zbekistonning yana bir tabiiy meros obyekti YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi
Ta’kidlanishicha, yangi obyekt YuNESKO ro‘yxatidagi mo‘’tadil cho‘llar toifasiga kiradigan birinchi obyekt hisoblanadi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston ishtirokidagi "Mo‘’tadil mintaqadagi Turon cho‘llari" transchegaraviy tabiat obyekti YuNESKOning Umumjahon tabiiy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
ma’lum qildi. Ushbu voqea 10–25 sentabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan YuNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 45-kengaytirilgan yig‘ilishida sodir bo‘ldi.
“Bu ekotizim o‘zining noyobligiga qaramay, haligacha YuNESKOning Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritilmagandi. Bunday nominatsiyaning uch davlat tomonidan tayyorlanishi mintaqaviy hamkorlikning yorqin namunasi bo‘ldi”, — dedi O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov.
Qozog‘iston va Turkmaniston bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu nomzodnomaning O‘zbekistonga tegishli qismi O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tayyorlangan.
"Mo‘’tadil mintaqadagi Turon cho‘llari" Umumjahon tabiiy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekistondan qatnashgan ikkinchi obyekt hisoblanadi. 2016-yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ishtirokidagi "G‘arbiy Tan-Shan" obyekti ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan.
Ta’kidlanishicha, yangi obyekt YuNESKO ro‘yxatidagi mo‘’tadil cho‘llar toifasiga kiradigan birinchi obyekt hisoblanadi.
Hududning O‘zbekistonga doir qismi Orolbo‘yi mintaqasi va Usturt platosi hududlarida joylashgan 2 mln gektardan ortiq hududni egallagan bir-biriga chegaradosh beshta tarkibiy qism — Saygachi, Saygachi-Beleuli, Saygachi-Duana, Saygachi-Jideyli hamda Janubiy Usturtdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga
kiritilgandi.