O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil etiladi

© Depositphotos.com / MacorKarate. Illyustrativnoe foto
Karate. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Obuna bo‘lish
Karate assotsiatsiyasi O‘zbekiston karate milliy federatsiyasining huquqiy vorisi bo‘ladi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi negizida O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Karate sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Karate assotsiatsiyasi O‘zbekiston karate milliy federatsiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Karate assotsiatsiyasi Xalqaro karate federatsiyasi (WKF) tomonidan o‘rnatilgan talab va qoidalar asosida O‘zbekistonda karate sport turlari bo‘yicha barcha federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyatini birlashtiradi hamda ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi.
Jismoniy imkoniyati cheklanganlar yoshlar o‘rtasida parakarateni rivojlantirish va ularning bu boradagi iqtidorini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi tizimida parakarate bo‘limi tashkil etiladi.
Joylarda karate (sport turini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida O‘zbekiston karate assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0