https://oz.sputniknews.uz/20230920/ozbekiston-futzal-murabbiy-39145014.html
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Taniqli ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
2023-09-20T17:36+0500
2023-09-20T17:36+0500
2023-09-20T17:53+0500
sport
futzal
o‘zbekiston
o‘fa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/14/39144018_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_5767186b7539a6eb63b22f416d2713c6.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Taniqli ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar qildi.Shartnoma O‘FA rahbariyati va Xose Venansio Lopes o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda imzolandi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Bahodir Ahmedov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi, uning shtabida faoliyat yuritgan barcha murabbiylar o‘z ishini davom ettiradi. Jamoaga fizioterapevt va tahlilchi murabbiy ham taklif etiladi.O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning ta’kidlashicha, shartnoma jahon chempionati oxiriga qadar imzolandi.“Jahon chempionatida ishtirok etishimiz aniq, biroq Osiyo kubogida eng yuqori maqsadni ko‘zlaganmiz. Shartnoma jahon chempionati oxiriga qadar imzolandi. O‘ylaymizki, mundialda munosib qatnashamiz”, - dedi Ermatov.Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/14/39144018_139:5:1078:709_1920x0_80_0_0_30c56f489619ac0a6400320c693252e9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xose venansio lopes o‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi futzal bo‘yicha jahon chempionati
xose venansio lopes o‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi futzal bo‘yicha jahon chempionati
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi
17:36 20.09.2023 (yangilandi: 17:53 20.09.2023) Ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes bilan shartnoma jahon chempionati oxiriga qadar imzolandi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Taniqli ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati
xabar qildi. Shartnoma O‘FA rahbariyati va Xose Venansio Lopes o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda imzolandi.
“Avvalo, O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan xursandman. O‘FA rahbariyati mamlakatda futzal bo‘yicha ulkan loyiha amalga oshirilayotganini aytdi. Hozircha faqatgina tashkiliy ishlar bilan band bo‘laman, jamoa bilan Osiyo kubogi saralash bosqichidan so‘ng mashg‘ulotlarni boshlayman. Unga qadar hozirgi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov jamoa bilan ishlaydi. O‘ylaymanki, bir jamoa bo‘lib ishlasak, albatta, ko‘zlangan natijaga erishamiz”, - dedi Xose Venansio Lopes.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bahodir Ahmedov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi, uning shtabida faoliyat yuritgan barcha murabbiylar o‘z ishini davom ettiradi. Jamoaga fizioterapevt va tahlilchi murabbiy ham taklif etiladi.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning ta’kidlashicha, shartnoma jahon chempionati oxiriga qadar imzolandi.
“Jahon chempionatida ishtirok etishimiz aniq, biroq Osiyo kubogida eng yuqori maqsadni ko‘zlaganmiz. Shartnoma jahon chempionati oxiriga qadar imzolandi. O‘ylaymizki, mundialda munosib qatnashamiz”, - dedi Ermatov.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda
bo‘lib o‘tadi.