Overchuk: Maqsadimiz — YeOII aholisi faravonligini oshirish
19:40 20.09.2023 (yangilandi: 11:22 21.09.2023)
© OONPredsedatel YeEK A. Overchuk vistupayet na genassamblee OON.
© OON
Obuna bo‘lish
YeOII davlatlari integratsiyasi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yordam beradi.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasidagi iqtisodiy integratsiya a’zo davlatlarga BMT belgilagan "Barqaror rivojlanish maqsadlari"ga (BRM) erishishga yordam beradi, dedi YeIK raisi, Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchuk BMTda so‘zlagan nutqida.
Overchuk aytishiga ko‘ra, 184 mln umumiy aholi soni va 2 trln. umumiy YaIMga ega bo‘lgan YeOII doirasidagi integratsiya Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yordam beruvchi qo‘shimcha omil bo‘lmoqda.
Xususan, quyidagi omillar milliy darajada BRMga yetishishni tezlashtirmoqda:
tovarlar harakati erkinligi - YeOII doirasida tovarlar harakati erkinligi BRM ko‘rsatgichlariga jiddiy ta’sir qilmoqda.
ishchi kuchi harakati erkinligi - YeOIIga fuqarolari bir davlatdan ikkinchisiga borganda ishlash uchun ruxsatnoma olish yoki YeOIIga a’zo davlatlarda berilgan ta’lim hujjatlarini tasdiqlash shart emas.
xizmatlar harakati erkinligi — YeOIIga a’zo davlatlarda faoliyat yuritayotgan biznes yagona xizmatlar bozorining benefitsiari hisoblanadi. YeOII doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlarning umumiy hajmining qariyb 50 foizi yagona qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Huquqiy tartibga solishning yagona rejimi qo‘llaniladigan xizmat ko‘rsatish sohalari soni muttasil ortib bormoqda.
kapital harakati erkinligi — kapital harakati erkinligi, YeOIIga a’zo davlatlar moliya bozoriga doir milliy qonunchilikni bosqichma-bosqich 2025-yilga qadar tartibga solish va uyg‘unlashtirishga kelishib oldilar. Jarayon yakunida YeOIIning umumiy moliyaviy bozori va nazorat organini yaratiladi.
raqamli iqtisodiyotga o‘tish — raqamli kun tartibiga o‘tish YeOIIga a’zo davlatlar BRMga katta hissa qo‘shmoqda. Xususan, “Chegarasiz ish” yagona qidiruv tizimi ish qidirishni sezilarli darajada osonlashtiradi. YeOII raqamli transport koridorlari, YeOII sanoat hamkorligi bozorga yangi mahsulotlarni olib chiqish va uchinchi davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash jarayonini tezlashtirmoqda.
Undan tashqari Yevroosiyo davlatlari iqlim bo‘yicha mavjud dolzarb mavzularni ham ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shmoqda. YeOII davlatlari barqaror va zamonaviy energiya manbalariga umumiy foydalanish imkoniyatini yaratishga, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash choralarini joriy etishga intilmoqda. Xususan, besh davlat iqlim texnologiyalari va raqamli tashabbuslar bankini tuzib, "yashil" loyihalar mezonlari ro‘yxatini tasdiqladi.