Mirziyoyev Bayden bilan uchrashdi — prezidentlar nimalar haqida gaplashdi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSh prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, AQSh prezidenti mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Yangi O‘zbekistonda amalda oshirilayotgan va muqarrar tus solgan islohotlar siyosatini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
AQShning yetakchi kompaniya va banklari bilan amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surishga to‘xtalib o‘tildi. Ishbilarmonlar bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar hamda davlat rahbarining AQShga tashrifidan oldin o‘tgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Inson huquqlari, gender tenglik sohalarida hamda inson farovonligini ta’minlashning boshqa yo‘nalishlarida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yangiliklar lentasi
0